Juma, 20.12.24, 06.47
Приветствую Вас bemor
Главная

Регистрация

Вход

RSS
Главная » Maqolalar
Maqolalar
Biz, o‘zbeklar choy ichishda inglizlardan qolishmaymiz. Ertalab ham choy, kechqurun ham choy. Qishning sovug‘iyu, yozning jaziramasida eng ko‘p ichiladigan ichimlik baribar choy hisoblanadi. Ha, choy bizga har doim kerak ekan. Lekin unutmang, choy — shifobaxsh ichimlik, u suv emas. Har zamonda qaynatib ichiladigan bargli shifobaxsh ichimliklarni bilamiz. Endi o‘ylab ko‘ring, o‘sha ichimlikni chanqaganimizda ham, ovqat mahalida ham, yotishdan oldin ham ichaversak zarar qiladimi? Nega unda shifobaxsh ichimliklardan biri bo‘lgan choyni bot-bot ichaveramiz?
Bu savol hammaga erish tuyulsa kerak. Axir choy hech kim uchun yangi bo‘lmagan ichimlik-ku. Milliy taomimiz, libosimiz va boshqa milliyligimizni bildiruvchi ehtiyojdagi narsalar qatoridan choy ham milliy ichimlik sifatida o‘rin olishga ulgurgan. Shuning uchun ham so‘zlashuvimizda ichimlik yoki boshqa ma’nolarni anglatadigan “choy” so‘zini ko‘p ishlatamiz. Masalan, “bir piyola choy ustida suhbat”,“choyga marhamat”, “kelinning qo‘lidan choy”... deb umumiy ovqatlanishni nazarda tutishimiz mumkin. Chindan-da, choysiz kunimizni tasavvur qilolmaymiz. Shu ichimlik bilan bog‘liq tarixiy voqea —“Boston choy­xo‘rligi” ham ko‘pchilikka ma’lum. “Mash­hur” ichimlikning foydali xususiyatlari haqida ko‘p gapirilgan va ancha-muncha xabardormiz. Ammo choy to‘g‘ri ichilgandagina foydali bo‘lishini ham unutmasligimiz lozim.
Biz, o‘zbeklar choy ichishda inglizlardan qolishmaymiz. Ertalab ham choy, kechqurun ham choy. Qishning sovug‘ ... Читать дальше »
 
1393 marta o'qildi |
30.09.06 chop etishga ruhsat etildi |
Rating: 0.0/0 |
Maqolalar
QISH TUNIDAGI QOTILLIK
Bu gaplarni aytgan Olga kurakda turmaydigan so‘zlar bilan so‘kindi. Dahanaki jang­dan keyin ayollar bir-birlarini urib, sochlarini yulishdi. Jahli chiqib, yomon kayfiyatda hansirayotgan Eminaning qonga to‘lgan ko‘zlari stol ustida yotgan qizil dastali pichoqqa tushdi. U pichoqni olib, Olganing qorniga sanchganini bilmay qoldi... Raqibi ingrab, bukchayib qolganida qo‘rqib ketdi.

Qizil dastali pichoqning qizil qonga belangani haqida
O‘sha tunda fojia ro‘y bermasligi mumkin edi. Noxush hodisa badmastlik tufayli sodir bo‘lganligini qotillikka qo‘l urgan Emina keyinroq kayfi tarqaganda anglab yetdi. Ular begona emasdilar. Bir-birlarining uyiga tez-tez borib turishardi. Tubanlik qo‘ynidagi betartib turmush tarzi, iboli, hayoli ayollarga munosib xatti-harakatlar doirasidan chiqib ketgan qadrdonlar goho o‘zlari, gohida erkaklar davrasida aroq ichib, kayf-safo qilishardi. O‘zlaricha dunyoning lazzatini yashash tarzida topa olgan tor tafakkurli ayollar bunday maishatparastlikning oqibati voy bo‘lishini xayollariga ham keltirmasdilar.
2005 yil 4 dekabr kuni Emina uydaligida tanishi Muhammad kelib, mehmondorchilikka taklif qildi. Borishga rozilik bildirgan
E. Ibragimova o‘sha kuni uyiga kelgan dugonalari Lyuda va Ninani ham Muhammadnikiga boshlab ketdi.
Mehmonlar avtobusda yetib borishganida soat 15 ga yaqinlashgan edi. Muhammad tug‘ilgan kunini nishonlayotgan ekan. To‘kin dasturxon atrofida joy egallashdi.
“... Bu yerg ... Читать дальше »

 
1698 marta o'qildi |
30.09.06 chop etishga ruhsat etildi |
Rating: 0.0/0 |
Maqolalar
Suyunchi” filmi yodingizdami? Xalq artisti G'ani A’zamov (Alloh rahmatiga olgan bo`lsin) yaratgan chol obrazida “Falonchining to`yi yaxshi o`tdi-yu, mushtlashish bo`lmadi-da. Qishloqda mushtlashish bo`lmagan to`y to`ymi” deb qo`yadi.
O`tgan oyning 30-sida Alisher Navoiy nomli kino saroyida scenariy muallifi va rejissor Rixsivoy Muhammadjonovning “Qaydasan, muhabbat” filmi premyerasi ana shunaqa to`ylardek, juda antiqa o`tdi. Hali premyera boshlanmasdan, kino ijodkolari sahnaga chiqishlari bilan besh-o`n chog`li yosh-yalang orasida “gap qochdimi”, ishqilib, gurras o`rinlaridan turib, mushtlasha ketdi. Kinosaroy posbonlariyu, tomoshabinlarning “hay-hay”lashiga qaramay, shovvozlar “guv” etib o`zlarini tashqariga urdi.
Adashmasak, naq yigirma besh yillar oldin (balki undan ko`proqdir) navbatdagi hind kinosi ishqibozlari ishtirokidagina saroyning oynavand eshiklari singani yodimda. Bu gal saroyning zil-zambil kirish eshiklaridan biri bugungi yoshlarning “shiddatiga” dosh berolmay, bir tomonga egildi-qoldi. Ha, endi yoshlar-da, g`ayrati jo`sh urib ketgan, deb ijodkorlarni olqishlab turgandik, hayal o`tmay ikkinchi bir guruh yigitlar “san-manga” borib qolsa bo`ladimi?

Bular ham “narigilardan qayerimiz kam” deb kinoga kelgan, shekilli, ikki tomon bir-birini chunonam do`pposladiki, bu gal posbonlar ham, tomoshabinlar ham tala-to`pga qo`shilmaslikni afzal bilishdi. Bechora reji ... Читать дальше »

 
1262 marta o'qildi |
30.09.06 chop etishga ruhsat etildi |
Rating: 0.0/0 |
Maqolalar
Sevgi, sevgi, deymizu, uning shirin iztiroblari oldida ojizlik qilamiz. U boshimizga savdolar solganida ohlar uramiz. Qalb to'rida qolguvchi alam va nolalari, yurakni o'rtaguvchi shirin azoblari qalbimizni unsiz yig'latadi. Muhabbatsiz yashash qiyin.
Har on, har lahza sizni o'ylayman. Siz haqingizda xayol suraman. Balki shudir, sevgi deganlari. Sizga o'zim sezmagan holda bog'lanib borardim. Siz mening hayotimga ma'no va mazmun bag'ishlovchi eng qadrli insonsiz. Tuyg'ularim, muhabbatimni asrashga harakat qilaman. Ammo gohida buni uddasidan chiqa olmayman. Sizni menga aytayotgan so'zlaringiz xuddi yolg'ondek tuyuladi. Men uchun bu dunyoda sizdek kelishgan, shirinso'z, yigit yo'q edi, go'yo. Yonimda yurgan paytlaringizda qadringizga yetmadimmi yoki o'z tuyg'ularimni sezmay qoldimmi, bilmadim. Sezganimda esa afsus, kech bo'lgandi. Chunki o'zga uchun siz Majnun edingiz.
Esingizdami? Siz menga o'z armoningizni aytayotganingizda ishongandim, biroq o'zgalar uchun kuyganingizda, boshqasi ortidan yugurganingizda barchasi yodimdan chiqdi. Siz menga ham o'z dil izhoringizni aytardingiz-u, keyin yana boshqasi bilan ko'ngilxushlik qilib yurardingiz. Sizning so'zlaringizga, sizning sevgingizga ishonishni ham, ishonmaslikni ham bilmayman. Dilingizdagi sevgi (agar bor bo'lsa) men uchun qorong'u va ishonchsizdek bo'lib tuyulaveradi. Ammo mening qalbimdagi tuyg'ularimning jilovi yo'q. Goho sizni tushungandek bo'laman: sevsangiz ham sevmasangiz ham, izhoringizni aytasiz. Bu siz uch ... Читать дальше »
 
1547 marta o'qildi |
30.09.06 chop etishga ruhsat etildi |
Rating: 0.0/0 |
Maqolalar
Oynai jahon, radio to‘lqinlari orqali berilayotgan reklamalarda, ko‘cha-ko‘yda osib qo‘yilgan suratli pannolarda nima gaplar aytilmayapti deysiz? Ko‘pchilik reklama matnlari kishining g‘ashini keltiradigan darajada g‘aliz, mazmun-mantiqsiz ekani, ustiga-ustak xato yozilganiga ham chidab kelyapmiz (to‘g‘rirog‘i, gapira-gapira oxiri ko‘nikayapmiz, shekilli). Hatto qiziqchi san’atkorlarimiz o‘z repertuarida ana shu reklama matnlaridan “unumli” foydalana boshlashdi, ya’ni biz reklamalar mazmunsizligidan kulib-kulib hordiq chiqaradigan bo‘ldik. Lekin yaqindan boshlab shunday reklama matnlari paydo bo‘ldiki, ma’nosidan kishining qalbi junbushga keladi, hatto g‘azabing qo‘zg‘aydi. Bunisiga chidash, ko‘nikish mumkinmikan?..
Biz bu o‘rinda ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi va oshxonalarga chorlovchi ayrim reklamalarni nazarda tutyapmiz. Gap o‘zi ishlab chiqargan yegulik mahsulotni yoki taomning halolligini alohida ta’kidlab jar solayotganlar haqida ketyapti. Oynai jahonda, radioda har yarim soatda qaerda halol kolbasalar sotilishi reklama qilinadi, poytaxtimizda joylashgan bir nechta oshxonalarga kiraverishda “Bizda halol taomlar tayyorlanadi” yoki “Halol taomlarga marhamat!” qabilidagi yozuvlarni ko‘rish mumkin. Yo alhazar, deya yoqa ushlaysan kishi. Bu reklamadan kelib chiqadigan xulosa “Bizda taomlar halol, boshqa joyda esa harom” deganga o‘xshab ketadi-ku. Astag‘furilloh! Biz iste’molchi sifatida, qolaversa, inson sifatida har qanday yemakxonaga tashrif qilar ... Читать дальше »
 
1224 marta o'qildi |
30.09.06 chop etishga ruhsat etildi |
Rating: 0.0/0 |
Maqolalar
Mutaxassislarga ko’ra, so’nggi yillarda O’zbekistonda yosh yigit-qizlarning erta oila qurishi kuzatilmoqda. Qonun tomonidan belgilangan nikoh yoshiga yetmagan qizlarni turmushga uzatish ayniqsa shaharlarda ko’proq uchraydi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ona va bolalar o’limi aksariyat hollarda aynan 16-18 yoshda turmush qurganlar orasida uchramoqda. Yosh oilalar o’rtasida ajralishlarning ko’pligiga turlicha sabablar ko’rsatilsa-da, ayrim o’zbekistonliklar fikricha, aksar oilalardagi nochorlik va yetishmovchilik shu oilaning barbod bo’lishiga olib kelayotir.

O’zbeklarda farzandni uylantirish yoki turmushga uzatish ota-ona burchi hisoblanadi. Biroq bu burchni tezroq ado etishga shoshayotgan ba’zi ota-onalar to’y-marosimlarini juda erta, hatto qonunda belgilangan nikoh yoshiga yetmasdan turib ado etishga urinmoqda. Shifokor tadqiqotchi O’ktam Muhammad Murod fikricha:

“Oxirgi paytlarda bir holat mavjud: qiz bola maktabni tugatar-tugatmasdan uning uyiga sovchi serqatnov bo’lsa va u barvaqt turmush qursa, shu xonadon shu qadar fayzli ekanligidan go’yo dalolat bergandek. Mahalla-ko’ylarda, o’zbek oilalari orasida hattoki qizini tezroq erga berish norasmiy poygasi ham vujudga kelgan-da. Tib olimlari 18 yoshga yetgan qizlarning aksariyati hali to’liq rasidaga yetmagan, to’liq voyaga yetmaganligini, uning hayz ko’rayotgani uning albatta tug’a olish qobiliyatidan dalolat bermayotganligini, uning boshqa jinsiy a’zolari, bachadon va boshqa tug’ruq yo’llarining hali to’liq ... Читать дальше »

 
43275 marta o'qildi |
30.09.06 chop etishga ruhsat etildi |
Rating: 0.0/0 |
Maqolalar
Россия Марказий сайлов комиссиясининг раиси Александр Вешняков Владимир Путинни учинчи муддатга президентликка сайлаш ҳуқуқини берадиган референдумни ўтказиш мамлакат конституциясига зид эканлигини билдирган.
Шимолий Осетиядаги "Тотувлик ва барқарорлик" деб номланган ташаббус гуруҳи сентябр ойи бошида Россия Федерацияси конституциясидан бир шахснинг учинчи маротаба мамлакат президенти этиб сайланишини истисно қиладиган бандни олиб ташлаш борасида референдум ўтказиш таклифи билан чиққан, бу борада Россия Марказий сайлов комиссиясига мурожаат этганди.

Москвада ўтган матбуот анжуманида Александр Вешняков конституцияга ўзгартириш киритиш мақсадида референдум уюштириш назарий жиҳатдан мумкин, деб айтган.

Россия қонунчилигига биноан, сайланган мамлакат президенти ёки парламенти фаолиятининг охирги йилида референдум ташкил қилиш мумкин эмас, Россия Давлат думасининг сўнгги йили эса шу йилнинг декабрида бошланади.

Россия Марказий сайлов комиссияси Владимир Путинни учинчи муддатга мамлакат президенти этиб сайлаш мақсадидаги референдумни ташкил қилиш ташаббус гуруҳининг сўровини рад этган.

"Тотувлик ва барқарорлик" гуруҳи референдумга таклиф этган савол шундай ифодаланган: "Сиз бир шахс икки муддатдан ортиқ Россия Федерациясининг президенти лавозимини эгалламаслигига розимисиз?"

"Тотувлик ва барқарорлик" ташаббус гуруҳи фаоллари сайлов комис ... Читать дальше »

 
1137 marta o'qildi |
28.09.06 chop etishga ruhsat etildi |
Rating: 0.0/0 |
Maqolalar
Ироқдаги уруш умумжаҳон исломий жиҳод тарафдорларини жалб қилишга ёрдам берди, дейилади Америка жосуслик хизматларининг ошкор этилган махфий ҳисоботида.
Якшанба куни "Нью-Йорк Таймс" рўзномаси жаҳондаги терроризмга бағишланган АҚШнинг 16 жосуслик идораси таҳлили асосидаги ҳисоботнинг айрим хулосаларини чоп этганди.

Махфий ҳисоботдан парчаларнинг матбуотга сизиб чиққанидан сўнг Америка Президенти Жорж Буш унинг айрим қисмларини эълон қилишга ваъда берганди.

Ҳисобот парчаларининг эълон этилишини танқид қилган Президент Буш, бундан кўзланган мақсад ноябр ойига белгиланган Конгресс сайловларига таъсир кўрсатиш, деб айтди.

АҚШ президенти ушбу ҳисоботда Ироқдаги уруш муваффақиятсизликка учради, деган хулосага келингани борасидаги фикрларга қўшилмаслигини айтган.

Ҳисобот хулосалари АҚШ Президентининг Ироқда қолиш керак, деган ташаббусини қўллаб-қувватлашга асос бўлиб хизмат қилиши мумкин.

Шу билан бирга, эълон қилинган парчалардан бу ҳисоботда Оқ уй истамайдиган нуқталар ҳам мавжудлиги кўринади.

Махфий ҳисоботда ёзилишича, Ироқдаги жиҳод террорист раҳбарлар ва ижрочиларнинг янги авлодини пайдо қилади.

Америка етакчилигида амалга оширилаётган терроризмга қарши кураш "Ал-Қоида"га жиддий шикаст етк ... Читать дальше »

 
1081 marta o'qildi |
28.09.06 chop etishga ruhsat etildi |
Rating: 0.0/0 |
Maqolalar
Қозоғистон президенти Нурсултон Назарбоев хамкасби Жорж Буш билан ўзаро алоқаларни мухокама этиш учун Вашингтонга йўл олган.
Охирги тўрт йил ичида ғарб матбуоти билан қилган илк суҳбатида жаноб Назарбоев ўз мамлакатини собиқ совет иттифоқидаги энг фаровон ва демократик давлатга айлантиришга
бел боғлаганини айтган.

Қозоғистон Америка Қўшма Штатларининг Марказий Осиёдаги энг яқин иттифоқчисидир, аммо у Россия ва Хитой билан ҳам яхши шериклик муносабатларида. Уларнинг барчаси Қозоғистонинг йирик нефт ва газ заҳираларига катта сармоялар киргизишмоқда.

Қозоғистон Президенти Нурсултон Назарбоев Би-би-сига берган махсус интервюсида мамлакатининг АҚШ билан давомли ҳамкорлиги ҳақида узоқ гапирди. Жаноб Назарбоев, шунингдек, террорга қарши курашда ўз мамлакати ролини таъкидлаб, Ироқ ва Афғонистондаги қайта қуриш ишларидаги ҳиссасини урғулади. У, шу билан бирга, Қозоғистонни ядро қуролидан холи мамлакат деб эълон қилиш қарорининг муҳимлигини айтиб, АҚШнинг Қозоғистонда Шўролар давридан қолган ядро қуролларини йўқотишдаги кўмагини олқишлади.

Қозоғистон президентига кўра, Вашинтонга сафари чоғида иқтисодий ҳамкорлик масалалари асосий ўринни эгаллайди. Америка  ... Читать дальше »

 
1258 marta o'qildi |
28.09.06 chop etishga ruhsat etildi |
Rating: 0.0/0 |
Maqolalar
Яна пахта ҳақида ёзишга қишлоқ хўжалиги бўйича ёш тадқиқотчи йигитнинг қуйидаги ҳикояси сабаб бўлди. Уни бор бўйича эътиборингизга ҳавола этмоқчиман. Воқеалар қайси замонни эслатиши, албатта яқиндан тарихдан хабардор кишига, яхши маълум бўлса керак.
“Қишлоқ хўжалигига оид илмий тадқиқотлар қилувчи корхонамиз Тошкент вилоятидаги туманлардан бирида жойлашган. Мен энг ёши бўлганим учун пахта масаласи бўйича мажлисга жўнатишди. Туманда борки корхона раҳбарлари ва вакиллари шу ерда йиғилган.

Юқорида ҳоким ва прокурор ўтирган экан. Ҳоким юқоридан берилган махсус буйруқ бўйича ҳар бир корхонада пахта теримига жалб этиладиган ходимлардан иборат “пахта отрядлари” тузилиши ва зудлик билан теримга жўнатилишини айтди.

Сўнг ҳоким ҳар бир отрядда қанчадан киши бўлиши ҳақида бирма-бир буйруқ бера бошлади. Бир корхона раҳбари 90 кишидан иборат отряд тўплаши ҳақида буйруқ олганидан кейин “кечирасиз, бизда бунча одам йўқ, қандай тўплайман” дея норозилик билдирди.

Ҳоким прокурорга қаради. Прокурор буйруқ берди: “Олиб боринглар, қамоққа тиқинглар!” У одамни милиционерлар олиб чиқиб кетди.


20 йил олдин бўлганидек пахта режаси қандай усул билан бажарилаётгани ўйлантирмайди
Эртасига кў ... Читать дальше »

 
1205 marta o'qildi |
28.09.06 chop etishga ruhsat etildi |
Rating: 0.0/0 |
« 1 2 3 4 5 6 7 8 9 »
Разделы новостей
She'rlar [22]
Hikoyalar [4]
Rasmlar [2]
Maqolalar [90]
Kundaliklar [5]
Yangiliklar [75]
Форма входа
Календарь новостей
«  Декабрь 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Поиск
Друзья сайта
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Наш опрос
Bu sayitni admini necha yoshda

[ Результаты · Архив опросов ]

Всего ответов: 24
Мини-чат
200