Тожикистонда 6 ноябрга белгиланган мамлакат президентлигига сайловолди кампанияси бошланди. Мамлакатда беш киши президентликка ўз номзодини илгари суриши маълум қилинган. Тожикистондаги асосий мухолиф ҳаракат - Ислом Уйғониш партияси бўлғуси президентлик сайловларида ўз номзодини илгари сурмаслигини айтган.
Тожикистондаги фуқаролар уруши йилларида дунёвий ҳукуматга қарши курашган исломий партия сайловларнинг озод ва адолатли ўтиши эҳтимоли жуда паст эканини айтган.
Олдинроқ мухолифатдаги икки фирқа - Демократик ва Социал-демократик партиялар сайловларни бойкот қилишларини айтишганди. Улар президентлик сайловларини ўтказишнинг ўзи ноқонуний эканини даъво қилишди. Бўлажак сайловларда жорий Президент Имомали Раҳмонов учинчи бор ўз номзодини қўйишга қарор қилган.
Агарда Тожикистон Президенти Имомали Раҳмоновга ижобий баҳо бермоқчи бўлсангиз, бир неча йил аввал фуқаролар уруши гирдобида бўлган мамлакатни маҳорат ва пўписалар йўли билан бирлаштириб туришга муваффақ бўлганлигини айтишингиз мумкин. Аммо Раҳмонов танқидчиларига кўра, бу бирлашув мамлакатга ўта қимматга тушди ва президент бошқаруви тобора авторитарлашиб бормоқда.
1997 йилда эришилган тинчлик битими иккала томон раҳбарларининг сиёсий воқеликка тан беришлари сифатида талқин қилинганди. Ушбу битим рақибла
... Читать дальше »
O`zbekistonda diniy ektremizm tahdidiga, uning rivojlanish sabablariga oid xalqaro konferensiya o`tgan. Kuzatuvchilarga ko`ra, rasmiy hukumat tomonidan diniy ekstremizm va terrorizm xavfi haqida bildirilayotgan tashvishlar o`rinsiz va siyosiy niqobga ega.
Toshkentdagi Islom unversitetida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada diniy ekstremizm tahdidi o`sib borayotgani qayd etilgan. Unda MDH davlatlari, Fransiya, Germaniya va Osiyodan bir qator mutaxassislar ishtirok etgan.
Konferensiya xulosalariga ko`ra, yoshlar o`rtasida diniy ekstremizm kayfiyatiga moyillik o`smoqda. Ekstremistik tashkilotlar o`z nishonlari sifatida asosan yoshlarni tanlamoqda.
O`zbekistonda diniy ekstremizm va terrorizm tahdidi haqida mutlaqo qarama qarshi qarashlar mavjud.
Hukumatga ko’ra, O`zbekiston xalqaro terrorizm qurboniga aylangan, diniy ekstremizm xavfi ostida turgan mamlakatlardan biri. So`nggi yillarda O`zbekistonda kuzatilgan portlashlar, qo`poruvchilik harakatlari aynan xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm bilan bog’lanadi.
O`zbekiston qamoqxonalarida saqlanayotgan minglab mahbuslar, davom etayotgan hibsga olinishlar hukumatning diniy ekstremizm va terrorchilik tahdidi haqidagi tashvishlariga asoslanadi.
Muxolifat vakillari, mustaqil kuzatuvchilar fikricha, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm tahdidi hukumat uchun siyosiy o`yin, xolos.
Muxolifatdagi “Erk” partiyasi bosh kotibi Otanazar O

Prezidentlar Islom Karimov va Hamid Karzay. 2002 yil, Toshkent Afg`onistonda keskinlashayotgan vaziyat mahalliy kuzatuvchilarga ko`ra xavfsizlik jihatdan O`zbekistonga tahdid solmasada, biroq Afg`onistonda barqarorlikning qaror topishi O`zbekiston uchun muhum strategik ahamiyatga ega.
Afg`onistonda NATO qo’shinlari va Tolibon jangarilari o`rtasidagi to`qnashuvlar tobora keskinlashayotganligi bildirilmoqda.
Mutaxassislar Afg`onistondagi vaziyatning chigallashuviga doir bir necha sabablarni ko’rsatmoqdalar – AQSh boshchiligidagi harbiy harakatlarning keyinchalik NATO qo`shinlariga yuklatilishi, AQSh asosiy e`tiborni Iroqqa qaratayotgani va Afg`onistondagi vaziyatning e`tibordan chetda qolayotganligi.
Mamlakatdagi vaziyatning keskinlashishi tahlilchilar tomonidan prezident Hamid Karzay hukumatining faoliyatsizligi bilan ham izohlanmoqda.
O’zbekistondagi ekspertlardan biri Toshpo’lat Yo`ldoshevga ko`ra, Afg`onistondagi hozirgi vaziyat markaziy hukumat faoliyatini tobora cheklab qo`ymoqda.
“Ularning o`zi, ya’ni hukumat vakillari va politsiya shahardan besh kilometr nariga chiqishga qo`rqishadi. Ayni damda Tolibonni shayxlar va ayrim dala qo`mondonlari qo’llab-quvvatlashmoqda. Vaziyat ancha og’ir. Barqarorlik NATO va AQSh qo’shinlari vaziyatni qanday hal etishlariga bog`liq”.
Rasmiy Toshkent O`zbekistonga nisbatan ekstremistik xavfni an’anaviy tarzda Afg'oniston bi
... Читать дальше »
Turkmanistonda esa yaqinda olti yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan “Ozodlik” radiostansiyasining 58-yoshli muxbiri Og’ulsapar Murodova kecha qamoqda jon bergan.
Hukumat Murodovaning o’z ajali bilan o’lganini qayd etmoqda, biroq matbuot erkinligi uchun kurashadigan va bosh idorasi Parijda joylashgan “Chegarabilmas Muxbirlar” tashkilotiga ko’ra, Og’ulsapar Murodova qamoqxonada qattiq do’pposlangan.
Tashkilotning Vashingtondagi vakili Lyusi Moriyonning aytishicha, bunga uning oila a’zolari amin bo’lishgan.
"Murodovaning farzandlari onasining o’limidan xabar topgach, morgga borganlar va u yerda onalarining boshi va tanasining boshqa joylarida chandiq va izlar borligiga guvoh bo’lganlar. Bu zo’ravonlik oqibatida olingan tan jarohatlaridir," - deydi Moriyon xonim.
Og’ulsapar Murodovaning o’limi haqidagi xabar tarqalgach, “Chegarabilmas Muxbirlar” tashkilotining 20 dan ziyod faoli Turkmanistonning Parijdagi elchixonasiga bostirib kirgan.
Tashkilot vakili Lyusi Moriyonga ko’ra, faollar jurnalist ayolga aslida nima bo’lganini bayon qilishni va Murodova bilan bir vaqtning hibsga olingan muxolifatning ikki nafar faolining ozod etilishini talab qilgan.
Biroq elchixona xodimlari politsiyaga murojaat etgandan so’nggina, “Chegarabilmas Muxbirlar” tashkiloti faollari elchixona binosini tark etishga majbur bo’lgan. Tashkilot Murodovaning o’limi bo’yicha tergov o’tkazilishiga chaqirmoqda. Iyun oyida hibsga olingan Og’ulsapar Murodova qurollarni noqonuniy ravishda saql
... Читать дальше »
Ham O’zbekiston, ham G’arb davlatlari tomonidan Tolibon qatorida yakson qilingan deya tilga olinuvchi va AQShning terror guruhlar ro'yxatiga kiritilgan O’zbekiston Islomiy Harakati O’zbekiston, Tojikiston va Qirg’iziston rahbarlariga hujum qilishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Bu borada harakat yetakchisi Tohir Yo’ldoshning o’zi audio yozuv tarqatgan.
Tohir Yo’ldoshning prezidentlar Islom Karimov, Kurmanbek Bakiyev va Imomali Rahmonovga qarshi hujum qilamiz, deya ogohlantirishi yuzasidan mintaqada hali biror rasmiy munosabat bildirilgani yo’q.
Ko’pchilikni ajablantirayotgan tomoni shu paytgacha infratuzilmasi zaiflashgan deb ta’kidlangan – O’zbekiston Islomiy Harakatining bu kabi xitoblar bilan chiqishi. AQSh-boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Afg’onistonda 2001 yil oxirida Tolibon hokimiyati qatorida islomiy harakatga ham katta zarba bergani haqida ko’plab dalillar mavjud. AQSh harakatning o’nlab a’zolari Kubadagi Guantanamo qamoqxonasida ekani haqida bildirib keladi.
Ahmad Rashid Pokistonlik jurnalist "Tolibon" va "Jihod: Markaziy Osiyoda musulmon jangarilarining oyoqqa turishi" kitoblari muallifi Manba: www.pbs.org O’zbekiston Islomiy Harakati juda kichik, avvaldan shunday kichik guruh edi, deydi tashkilot tarixi va maqsadlari haqida kitob bitgan pokistonlik jurnalist Ahmad Rashid. Uningcha, harakat qarorgohi hozir Pokistonning Afg’oniston bilan chegaradosh Vaziriston viloyatida joylashgan.
"Yaqinda Pokiston harbiylari va mintaqada Tolibo

Рим Папаси Бенедикт XVI Ислом билан Католик черкови муносабатларидаги тангликни юмшатиш илинжида мусулмон давлатлар элчилари билан учрашган. Папа Бенедикт XVI йигирма бир мусулмон давлатидан келган вакилларни Рим четидаги ўзининг ёзги "Кастелгадолфо" саройида қабул қилган.
Рим Папаси мусулмонларнинг динини тўла ва чуқур ҳурмат қилишини айтган, динларарро мулоқот зарурлигини урғулаган.
"Насронийлар ва мусулмонлар ўртасидаги эътиқодлараро ва маданиятлараро мулоқот ўта муҳим аҳамиятга эгадир ва келажагимиз асосан шунга боғлиқ", деб айтди Рим папаси Бенедикт.
Бунга жавобан Ироқ вакили Алберт Елда, бўлиб ўтган воқеани орқада қолдириб, келажак учун кўприк қурадиган фурсат етиб келди, деб айтган.
Бу учрашув шу ой бошида Рим папаси ўз нутқида ўтган асрларнинг диний зўравонлигидан иқтибос келтириши ортидан мусулмон дунёси билан юзага келган инқирозни юмшатиш борасидаги Ватиканнинг энг охирги ҳаракати бўлди.
Халқаро дипломатия тили саналмиш француз тилида сўзлаган Папа Ислом эътиқоди аъзоларига бўлган чуқур ҳурмат-эҳтиромини изҳор этди, мусулмон ва насронийлик эътиқод ва маданиятлари ўртасида ҳақиқий мулоқот ўрнатилишига чақирди.
Яна бир бора у икки эътиқод ўртасида умумий диний қадриятлар борлигини ва уларнинг бир Худога ишонишларини таъкидла
... Читать дальше »
Нью Йорк Таймс рўзномаси Ироқ урушининг таъсири борасида Америка жосуслик хизматлари томонидан тайёрлангани айтилган ҳисоботнинг хулосаларини чоп этган. Рўзноманинг ёзишича, ҳисоботда дунё бўйлаб терроризм хавфининг кучайиши ва исломий радикализмнинг ўсишида Ироқдаги уруш сабабчи экани айтилади.
Бундай хулоса Оқ Уйнинг Ироқ уруши дунёни анча хавфсиз қилди, деган даъволарига зиддир.
Нью Йорк Таймс рўзномаси ҳисоботнинг ўзини кўрмаган, аммо уни тайёрлаган одамлар билан суҳбатлашганини айтган.
Би-би-сининг мудофа масалалари бўйича мухбири Роб Уотсонга кўра, АҚШ жосуслик хизматлари Ироқдаги уруш исломий экстремизмни янада алангалатиб юборганини биринчи марта айтишлари эмас.
Амалда бу хизматлар Америка Ироқни ишғол этишидан олдин ҳам бу ҳақда огоҳлантирганлар.
Аммо сўнгги ҳисобот АҚШнинг барча 16 та жосуслик идораларининг таҳлилига асосланган, биринчи тугал ҳисоботдир.
Нью Йорк Таймсга кўра, Ироққа ҳужум ва унинг ишғол қилиниши дунё бўйлаб исломий радикалларнинг янги авлодини пайдо қилган.
Ҳисоботда айтилишича, Ироқ урушидан уйларига қайтиб борган исломий жангарилар худди 1980-йилларда Афғонистонда Совет Иттифоқига қарши урушган мужоҳидлар сингари ўз мамлакатларида жиҳод ғояларини ёйишлари мумкин.
Текебаевнинг юклари орасидан рус матрёшкаси қўғирчоғи ичига яширилган олти юз грамм героин моддаси топилганидан кейин ҳибсга олинди.
Ўмурбек Текебаев собиқ парламент раиси ва Президент Бакиев бориб ўзини осиши керак, дея омма олдида айтган сиёсатчидир.
У героин ўзининг юклари орасига ташлаб қўйилганини айтиб норозилик билдирди.
Икки кун ўтиб Полша расмийлари уни ҳибсдан озод этдилар.
Маълум бўлишича, Бишкекдаги "Манас" аэропорти ходимига Қирғизистон Миллий Хавфсизлик хизматидан жаноб Текебаевнинг жомадони ичига героин қўйиб қўйиш буюрилган ва собиқ парламент раҳбари ҳибсга олинганидан кейин бундан Варшава расмийлари бохабар этил
... Читать дальше »