Juma, 20.12.24, 16.32
Приветствую Вас bemor
Главная

Регистрация

Вход

RSS
Главная » 2006 » Сентябрь » 30 » O’ZBEKISTONNING KELAJAGI NIMA BO’LADI?
O’ZBEKISTONNING KELAJAGI NIMA BO’LADI?
20.20
O'zbekistonning kelajagi nima bo'ladi, sarlavhasi ostida bahs boshlaganimizdan keyin juda ko'plab maktublar keldi.Turli tuman fikrlarini yo'llagan o'quvchilarning aksariyati o'z ismini yashirgan edi. Shu bois maktublar orasidan mualliflari o'z ismlarini yashirmagan va fikrlarini qo'rqmay ochiq oydin aytgan ikkitasini tanlab oldim. Qolganlardan esa uzr so'rayman va agar ijosat etsalar xatlarini kelgusida XATLAR bo'limiga qo'yishim mumkin.
Quyidagi ikki maktubda faqat ba'zi harflarini tuzatishga to'g'ri keldi hamda mazmunidan kelib chiqib, kichik sarlavhalar qo'ydim.

CHET ELDAN QAYTDIM

Yaqinda Angliyadan qaytdim. Vatanda sokinlik va "tinchlik", "same shit, different day" deyishardi Angliyada do'stlarim har kungi odatiy holni tasvirlash uchun. Chet elda erkin matbuotga o'rgangan ekanman.

Ozbek OAVlarida deyarli e'tiborga loyiq o'zgarishlar yoq. Hukumat gazetalarida har kuni saylov haqidagi safsatalardan boshqa narsani topa olmaysiz. O'qiydigan gap bo'lganda mayli edi...

"Ko'ngil ochar" deb nom olgan "Darakchi", "Hordiq", "Charxpalak", "Ko'ngil ko'chalari", "Ayol qalbi", "Chimildiq", "Bekajon" va shunga oxshash yuzlab gazetalar esa odamlarni har xil "unda ketti bunda ketti" gaplar, yulduzlar bilan intervyular, krasvordlar, sevgi xatlari bilan "xursand qilub" turibdi.

Yaqinda "Yosh kuch" degan jurnalda ishlaydigan hamma xodimlar ish tashlashdi. Bu jurnal oxirgi paytlarda analitik jurnalga aylanayotgan edi. Hamma xodimlari jurnalistikani bitirgan bolalar edi. Hammasi ariza yozishibdi. To'g'risi yozdirishgan." Kamolot" yoshlar harakat tasiri ostida. IAK ka qarshi maqola chiqib ketganmish... bir sonida, shunga bosim kuchayib ketibdi. Mana sizga mustaqil Vatanimizning matbuotigagi ahvol. Matbuot hayotning ko'zgusi deyishadi. Ko'zguda anashunday hol. Bilmadim, qachonga qadar chiday olaman, bu yerda!

Hurmat bilan Shamsiddin, 2004 yilning 3o Oktyabri.

CHET ELGA KETAMAN

Assalomu alaykum, Jahongir aka!

O’zbekistonning kelajagi mavhum. O’zbekistonda haliyam o’sha-o’sha hayot. Hech narsa o’zgargan emas.

Diktatura borgan sari kuchayib boryapti. Saylovlar yaqinlashayotgani uchun bo’lsa kerak, OAV ustidan nazorat

har doimgidan ham kuchaytirilgan. Achinarlisi, odamlar diktaturaga ko’nikib qolayapti. Hech kimning saylov bilan

ishi yo’q. Nima bo’lishini bilishadi-da. Hamma o’z tashvishi bilan band. Saylov kampaniyasi juda sust ketayapti.

Hatto hukumatning o’zi ham saylovga saylovdek qaramaydi. Yo’liga qilinayotgan bir ishga o’xshaydi. Odamlarda

siyosatga qiziqish so’nganga o’xshaydi.

Amerikadagi saylov kampaniyasini Internet va televideniyedan kuzatib borib, havas qilaman. Qaniydi bizdayam

shunaqa ochiq-oshkora bahs-munozaralar bo’lsa? Endi bu hozircha orzu bo’lib qolayapti. Balki bizdayam

shunaqa saylovoldi debatlar, bahs-munozaralar bo’p qolar kelajakda. Lekin qachon?

O’zbekistondagi ko’zbo’yamachiliklar, har xil aldam-qaldamlarni ko’rib, negadir chet ellarga chiqib ketgim

keladi. Bu yerda olayotgan bilimlarim albatta kamlik qiladi. Darslardan umuman ko’nglim to’lmaydi. Bironta

domladan yangilik olib bo’lmaydi. Hammasi bitta gapni takrorlaydi. Ba’zilari bilan dars jarayonida san-manga

borayapman. Dars berayotgan sohasidan umuman bexabar odamlar o’zini xuddi shu sohaning piriday tutishi

erish tuyularkan. Xudo xohlasa, chet elga ketaman. O’zbekistonda biz kabi yoshlarga o’rin qolmagan.

Hurmat bilan Murodjon, 17 Oktyabr, 2004 yil.

MARDLIK

Assalomu alaykum, Jahongir aka.

http://www.jahongir.org/bahsga.html da chop qilingan fikr-mulohazalar ichida o'quvchilaringizdan biri mening sahifamni tilga olgan ekan.

Quyidagi maqola bunga javobdir: http://author.handalak.com/uz/archives/072004/000398 Rahmat.

Xurmat bilan Sherzod Ruzmetov, http://author.handalak.com/about-me

Sana: July 03, 2004
Muallif: Sherzod Ruzmetov
Ta'luqli iboralar: qo'rqoqlik OR sukunat

Al-Qissa: O'tgan oyi sahifamdan uchta maqolani oila a'zolarimning iltimosiga binoan olib tashlashimga to'g'ri keldi. Kimdir buning nomini "qo'rqoqlik" qo'yipti. Ularni sahifamga chop qilishim aslida xudbinlik edi.

Bugun tasodifan meni va mening "Yigitlik Sarguzashtlari" sahifamni tilga olgan ushbu fikr-mulohazalar to'plamiga duch keldim. Undagi mulohazalarning birida mening o'tgan oyi chop qilingan bir nechta maqolalarimning sahifamdan olib tashlanganligi haqida yozilib, ushbu qilmishimga "qo'rqoqlik" deb ta'rif berilgan.

Barcha tanqidlarni jiddiy qabul qilishga moyilligim yo'q, ammo bu borada o'zim ham birinchi kunlardan-oq "tushuntirish xati" yozish niyatim bor edi; yuqoridagi tanqid bunga dalda bo'ldi, xolos.

Xaqiqatni gapirish ortida nafaqat oliy xizmat, balki buyuk mas'uliyat yotadi. O'zga elda yashab, Vatanimda hukmron bo'lgan tizimning nuqsonlarini tanqid qilishdan osoni yo'q. Uning og'irligini o'sha tizim changalida bo'lgan oila a'zolarimga yuklashning nomini esa "mardlik" qo'yolmayman.

Esimga Alisher Navoiyning ushbu misrlari tushdi:

O'ta zarurat aro qolg'on chog'i,

Chin demas ersang, dema yolg'on dog'i.

(Xayrat-ul Abror)

Balki, sukunat saqlay olishning o'zi mardlikdir!?

Yaqin-oragacha barchaga ma'ruza o'qirdim - "Vatanparvarlik qurbonlar talab qiladi" - deya. O'ylab qarasam qurbonlar keltirishga o'zim tayyor emas ekanman.

MUNOSABAT VA MULOHAZA:

Avvalo shuni qayd etish kerakki, Sherzodning yuqoridagi javobining o’zi bi mardlikdir. Men uni tushunaman, haqiqatdan ham chet elda turib, O’zbekiston tuzumini tanqid qilish unga va oilasiga og’ir tushishi mumkin. O’zbekiston Amerika emas… Lekin shunga qaramasdan mening sahifamga o’zining ochiq nomi bilan maktub yo’llashini uning jasorati deb hisoblayman.

Ayni paytda Shrzodning sukunat saqlay olish ham mardlikdir degan fikriga biroz to’xtalmoqchiman. Bizning avlod bu gapni 15 yildan beri ishlatamiz va asosan Karimovni, uning rejimini tinmay maqtab kelayotganlarga ertaga bir kun o’zingizni oqlash maqsadida “Karimovning sehr doirasiga tushgan ekanmiz” deb kulgiga qolmaslik uchun bugun sukunat saqlang, yolg’on maqtovlardan o’zingizni tiying, bu ham mardlik deb kelyapmiz. So’z mulkining jahongiri hazrat Navoiyning Sherzod misol qilib keltirgan satrlari ham shundaylarga qaratilgandir. Chin gapni ayta olmasang yolg’onni aytmay tur! Ular esa bu mardlikni oddiy nomardlik bilan almashtirishni afzal ko’rmoqdalar.

Endi ikki og’iz so’z xudbin (xudbinlik) haqida. Xudbin egoist kalimasining ma’nosini anglatadi. Ya’ni o’zini yoki o’z manfaatini boshqalardan yuqori ko’ruvchi odamlarga nisbatan qo’llaniladi bu kalima. Shundan kelib chiqadigan bo’lsak, el-ulusga ziyoni tegadigan nuqsni ko’rganda sukunat saqlash mardlik emas, balki xudbinlikdir. Tahlikani sezgan paytingizda qayerda bo’lishingizdan nazar boshqalarni ogoh etish mumkin va buning turli yo’llari mavjud. Oshandagina balki oralarida yaqinlaringiz ham bo’lgan odamlarni asrab qolishga hissa qo’shgan bo’lasiz. Ammo bunday holda mardlik sukunat deya indamay ketsangiz ularni xavfning domiga otgan bo’lasiz.

Serzod o’zini xudbin deb atabdi, lekin men bunga qo’shilmayman, uning yozgan javobining o’zi uning xudbin, befarq emasligini ko’rsatib turibdi. Bu uning qo’rqoqlik sarhadini ortda qoldirganidan daloladir. Kelajak shunday jasoratli yigitlarniki!

O’Z-O’ZIMIZGA DUSHMANMIZ

Assalomu alaykum!

Men juda ko`p saytlar, forumlar turli chatlar bilan tanishdim.Ko`pchiligida boshqa ismlar bilan bahsga ham kirishdim.Shu qatori bir necha soat oldin sizning sahifangiz bilan ham tanishib chiqdim.Men O`zbekistondan tashqarida turib kuzatishlarim natijasida shunga amin bo`ldimki, O`zbekiston kelajagi xavf ostida.

O`yinlar ko`p ekan. Ertaga hamma bir dumalab demokratga aylanib qolsa kerak.Oq it-qora it hammasi it ekan.Qarab tursam o`zbeklar (hammasi:demokratiyam, dindori ham, diktatori ham) dunyoga o`zini sharmanda qilyapti. Hamma adolatparvar, lekin u yoq, bo`lmasa ham kerak.Qaysi maqolada kimning manfaati yotganini ba`zan ilg`ash mushkul.Bizga kimdan foyda? Amerika tuqqanimizu Rossiya o`gaymi? Yoki Rossiya tuqqanimizu Amerika o`gaymi? Hammasi ham bir go`r. Biz hatto o`z-o`zimizga dushmanmiz.

Abdulla Qodiriy behudaga "mavzuni so`ngi xon zamon"idan tanlamagan ekan. Afsus, biz o`zligimizni mana bugun yo`qotibmiz.Men shunga amin bo`ldim.Bugun borib ko`raylik O`zbekistonga! Odamlar nimani o`ylaydi? Nima haqida hayol suradi? Qanday maqsadi bor? Nimani orzu qiladi? Kecha kim edik? Bugun kimmiz? Dunyoda nima ishlar bo`lyapti?

Umuman hech kim "fikrlash qobiliyatiga" ega emas.To`g`risi ular uchun ahamiyatsiz.Manqurtlik endi boshlangan.

Yuz minglab odamlar tentirab yuribdi. Ular orasida ko`pi yoshlar.(18-30)Hamma aybni boshqalardan qidiradi. Nima bo`ldi, kimning qarg`ishiga uchradik?

Bu albatta meni shaxsiy xulosam. Balki xulosam hatodir, balki menda tajriba yo`qrog`dir. Ammo menimcha bu haqiqat.

Sizga esa savolim quyidagicha :

1.Bugun Markaziy Osiyoda asosan qanday manfaatlar to`qnashmoqda?

2.Bugun O`zbekiston hukumati tashqi kuchlar manfaatlarini to`la anglab yetyaptimi?

3.O`rta Osiyodagi davlatlararo "sovuqlik" qanday hal qilinishi(yumshatish) mumkin? Yoki unda ham "g`arb demokratlari ko`magi" kerakmi?

4.Yaqin kelajakdagi 3 yilda O`zbekistonda qanday siyosiy-ijtimoiy o`zgarishlar bo`lishini taxmin qilasiz? (Zokirjon, 2004 yil, 14 Iyun).

Eslatma: Savollarga “Savol… Javob” sahifasida javob beramiz.

MUNOSABAT:QO’RQOQLIK

Internetda tasodifan Markaziy Michigan universitetida ta’lim olayotgan 22 yoshli Sherzod Ruzmetovning “Yigitlik sarguzashtlari” sahifaisni ko’rib qoldim. Juda xursand bo'ldim. Offarin dedim. Unda “Nogah fikrlar” degan bo’limda -Men bugun tasodifan Jahongir Mamatovning web sahifasini topib qoldim. Juda qiziq sahifa. "Anikarimov" latifalarni o’qimoqdaman, o’qib bo’lib, fikrlarimni yozaman- degan gap bor edi.
Bir ikki kun kutdim. Yozmadi. Faqat bir kishining mulohazasi qo’shildi. Keyin men ham sahifangiz haqidagi fikrlarimni yozdim. Ammo birdaniga Sherzodning web sahifasida o’zgarish yuz berdi. Ya’ni sizning sahifangiz bilan bog’liq gaplar, “antikarimov” degan link ham yo’q bo’ldi. Shundan keyin menda savollar paydo bo’ldi.
1.Sherzod degan yigit o’zi web sahifa ochgani va turli fikrlarni yozgani quvonarli hol. Yoshlar o’z yo’llarini topmoqdalar, deb o’ylagandim. Hatto uning qo’rqmasdan sizning sahifangiz haqida gap boshlatishi ham jasoratdek tuyuldi. Lekin bir zumlik, yuzaki jasorat ekanmi?
2.Yoki O’zbekiston hukumati bu masalada ham qattiq ishlamoqdami?. Unga ta’sir qilib bu gaplarni olib tashlagin, bo’lmasa yurtga qayt degan bo’lishlari mumkinmi? Yoki bironta boshqa odam uni qo’rqitganmi? Amerikada yashab o’qiyotganiga qaramasdan darrov qo’rqib qolgani uning sahifasidagi boshqa gaplar hammasi yuzaki gaplar ekanmi?
Agar u qo’rqmasa oldingi yozuvni tiklab, mening xatimni ham qo’ysin. Mening tanqidiy gaplarim ham bor edi. O’shanda men unga qoyil qolaman.
3.Bizga bunday qo’rqoqlik qayerdan kelgan? Shuni muhokamaga qilaylik.
Hurmat bilan Kaliforniyadan Akram Salimov.
Qo'shimcha:Men Zaynobiddinning gaplariga to’la qoshilaman va Sherzod bilan bog’liq misol ham uning haqligini ko’rsatadi.

MUNOSABAT:DIKTATURAGA XIZMAT

Men Zaynobiddinga va sizning gaplaringizga befarq qololmadim. Kecha O’zbekiston hukumatining sponsorligida chiqayotgan Uzland sahifasida shoir Erkin Vohidov bilan Nazira Inoyatova degan ayolning suhbatini o’qib boshimga qon quyilgandek bo’ldi. Nima ekan Erkin Vohidov afsona ekan. Lekin bu ayol shu "afsona"dan nega O’zbekistondagi og’ir ahvol haqida so’ramagan? Nega uning safdoshlari Toyiba To'laganova, Shovruq Ro'zimurodov o'ldirilgani haqida so'ramagan? Nega uning bir vaqtlar ERKning rasi bo'lgani va bugun muxolifat yo'qligi haqida so'ramagan? Nega Toshkent bozorida mirshablar urib o'ldirgan otaxon haqida so'ramagan? Anashunday millionta savol bor. Hatto uning o’zi men ba’zan mamlakatni yaxshi boshqara olmayapmizmi,(sen emas Karimov boshqarmoqda), deb o’ylab qolaman, lekin qo’shnilarga, boshqa joylarga borib u yerda bizdagidan ham yomon ahvolni ko’rib(yo tavba) demak shunday ekan-da deyman desa ham bu Inoyatova savol berishni bilamaydi yoki diktaturaning quli bo'lgani uchun tilini tishlaydi.
Agar xalqning dardini so’ray olmasang jimgina uyingda o’tir, diktaturaga xizmat qilmasdan. Bunga boshqalar nima deydilar? Balki men nohaqdirman?
Salom bilan Londondan Abror Davronov.

MAKTUB…

Menga xat yozgan o’quvchilardan biri anchadan beri Internetda “ko’rinmay” qolgandi. U Amerikaga yaqinda kelgan. Ham o’qib, ham ishlab oyoqqa turaman, deb qiynalib yuribdi. Tashvishlari o’ziga yetib-ortadi. Lekin Vattanni o’ylamasdan tura olmaydi. Savollar yurak bag’rini o’rtaydi. O’zbekistonning oddiygina bir qishlog’idan kelgan bu yigitning samimiyati uning maktubidan ufurib turibdi. Olislarga kelib qolgan bu yigitni ham xalqning dardi mubtalo etgan. Uning maktubini yurakada bir og’irlik bilan o’qiyman:

“Assalomu alaykum Jahongir aka. Internetga kelishga vaqt topolmayapman, kegingi paytda kelsam ham juda xafa bo'lib yuraman Yurtimiz haqidagi xabarlarni eshitib boshim qotib qoladi. Nima ish qilsam shular bartaraf bo'lar ekan, deb o'ylayman. Lekin mening qo'limdan hech narsa kelmaydi. Shuni tushunib xafa bo'laman .

Bir o'ylab ko'ring, O’zbekistonda eng ko’p oylik AQSHni eng kam oyligidan 20 barobar past, bu degani O’zbekiston juda qattiq turib harakat qilsa 20 yilda AQSH ni hozirgi ahvoliga yetishi mumkin lekin AQSH 20 yilda shunday qolmaydiku?! Lekin O’zbekiston hukumati har yilda oradagi farqni 1 raqamiga qisqartira olishiga axmoq ham ishonmaydi-ku?! Qisqasi O’zbekistonda yaxshi hayot ,demokratiya (Sorisni " Ochiq Jamiyat " inistituti yopilishi meni juda tushkunlikka, umidsizlikkka tushurdi, kelajakka umidlarimni yo'qqa chiqardi...) orzu va ERTAK bo'lib qolaverishini tushundim, lekin Xudo saqlasin, baribir Xudodan so'rab, qo'limdan kelgancha harakat qilaman.

Keyingi 1-2 yil ichida mana bu korxonani falonchi sotib olgan (aksiyalarini yoki shunday hammasini sotib olgan...) yoki falonchi boy, falonchi ministir falon narsani olgan, degan xabarlarni ko'p olayapman, yaqinda bizdagi bir katta zavodni Mafiya sotib olgan ekan, Gulnorani(Gap Gulnora Karimova haqida bormoqda-JM) O’zneftproduktni qo'lga olganligini ham eslataman .Bular odamning boshini qotirmay qolmaydi.

Ertaga agar demokratlar kelgan bilan, siyosat demokratlar qo'lida bo'lsa ham Iqtisod hozirgi ifloslar qo'lida qolaveradi-ku?1 Shunda bu demokratlarimiz nima qila olar ekanlar? Boshim qotdi, nima qilishar edi, demokratlarimiz ham shu botqqoqga botib qolishidan qo'rqaman, shunday bo'lishiga ko'zim etadi.

Bizda ham Democrat akalarimiz kelib qolsa majburiy ular ham poraxo'rlikka o'tib ketishmaydimi (xuddiki Turkiya dagidek...). Bilmadim bu hozirgi ifloslar hamma joyni xonavayron qilib, mana sizlarga hukumat kerak bo'lsa, man sizlarga demokratiya kerak bo'lsa, deb berishadi chog’i?!

Kegin ahvolni ko'ring va mazza qilingda aka .O’ylab o’ylab boshim qotadi. Demokratlar nima ham qila olishadi, hamma joyni ular qonuniy qilib sotib olishsa, och xalqni ularga qoldirishsa, nima qilishadi?! Jahongir aka, siz shu savolimga javob bersangiz, nima qilish mumkin shunday ahvol bo'lganda? Mana demokratlar keldi, hamma iqtisodni bo'g’inlari u ifloslarning qo'lida, xalq och, lekin demokratiya bor (bu deganim bemalol tez ko'chaga chiqa oladi va ko'p talablar qo'yib janjal qilishmoqda ...), ko'chalar huvvullab qolgan, nima qilish kerak, shunday bo'lganda, xalqni yana 5 yil kutinglar deb tinchlantirib bo'ladimi? Menimcha bu bechora demokrat kallarni ham boshi qotib qoladi, yoki u ifloslarnikidek siyosat olib borishadi, yoki hammasini tashlab qo'y, deb hammasidan vos kechib "Och qornim, tinch qulog'im" deb jimgina bu siyosat maydonini tark etadilarmi? Yo qattiq turib kurasha oladilarmi?

Yaqinda Moskvada 5 tonna (ayrim ma’lumotlarda 12 tonna ) tillo, O’zbekistondan olib chiqilgan tillo qo'lga tushdi. Bu kimniki ? Nima uchun shu voqeadan so'ng Karimov janoblari-yurtboshimiz Moskavaga yo'l oldi? Sabab shu emasmi? Rossiya hukumati bu tillolar orqali yurtboshimizni jilovlab olmadimikan?!

Tarixda Ruslar bunday holatlardan O'rta Osiyo xalqlarini jilovlash uchun ustamonlik bilan foydalanishgan.Yana shunday bo'lyapti. Karimovni Rossiyaga ketishidan oldin bergan interviyusini qarang: "Biz xoxlaymizmi, xoxlamaymizmi Rossiyani O'zbekistonda manfaatlari bo'lgan va bo'ladi...biz buni tan olishimiz kerak ..."

Oldin 1991 yildan kegin shu gaplarni aytardimi? Mana sizga nafs balosi nima gaplarni ayttirayapti, lekin buni kutilmagan voqea deb hisoblash axmoqning ishi. Mana tillolar kimniki? .Agarda tillolar qo'lga tushmasa IAK Moskvaga bormas edi balki? Moskva tillolarni hattoki ORT televideniyesida ko'rsatdi. IAK ni bir qo'rqitib, "oyog'ini qo'liga olib yugurtirdi". Menimcha Moskava "endi bo'yin egmasang ham tillodan ayrilasan ham hukumatdan ayrilasan, ham xor-zor bo'lib, qochib yurishinga to'g'ri keladi "degan bo'lsa karak?!IAK TVda chiqsa yuziga qarasangiz O'G’RIga o'xshab ko'rinadi, bilmadim nega bunday?Bu ko'pchilikning fikri aka .

Jahongir aka, shularni o'ylab O’zbekistonga 100 yilda ham yashxi hayot kelmasa kerak deyman. Bu iflosni qarang Sorosning "Ochiq Jamiyat Institutini" qanday ahvolga tushurib qo'ydi.Bu hammamizga uyat-ku axir?! Saparmurodni yamonlab yuradi, bu iflos IAK, o'zi undan hech ham kam emas. Men siyosatda O’zbekiston Turkmanistonga qarab bormoqda deb o'ylayaman, lekin Turkmanistonda xalqni yashashi bizdan yaxshi aka. BU degani O’zbekistonni zimistonga aylantirdi bu iflos.

Jahongir aka, meni kechirasiz aka har safar xat yozganimda biron bir yaxshi gap ,xush xabar yozolmayman, bu bola nuqul dunyodan bezgan ekan, deb o'ylasangiz kerak?! Yo'q aka, yaqinda muxolifatchilarimizni Vodiyda birlashganini eshittim, majlisga Britaniya elchisining borganini ham eshitib juda juda xursand bo'ldim. Britaniya elchisini gaplarini eshitib bir oz ko'nglim taskin topdi aka...

Xay mayli aka, ko'p gap QURONDA yaxshi deyishgan, sizni ham boshingizni og'ritmay, siz menimcha mendan ko'p qiynalyapsiz?! Muxolifatchilarimizga Xudo kuch-qudrat bersin, xalqimizga esa aql bersin, muxolifatimiz hukumatga kelganda aynib qolishmasin OMIN OLLOHU AKBAR!

Hurmat bilan yo'qolib yo'qolib qoladigan Zaynobiddin, 2004 yil, 21 Aprel, Chorshanba”.

VA JAVOB:

“Avvalo kechikib javob yozayotganim uchun uzr.

Siz kabi yuragi millatning dardiga begona bo’lmagan odamlar borligi uchun ham bu millat uzoq yashaydi. Chunki siz bu millatning dardini o’zingiz bilan birga ko’tarib yuribsiz. Agar “Xorijga keldim, hamma narsam bor, menga nima, o’lib ketmaydimi?” degan fikrda bo’lganingizda edi, men bu gaplarni aytmagan bo’lardim. Afsuski, shundaylar ham bor. Bugunga kelib shundaylar ko’payib qoldi. Loqaydlik ildizi juda ham chuqurlashib ketmoqda.

Savollaringizning aksariyatiga o’zingiz javob bergansiz. Men ham fikrlaringizga to’la qo’shilaman. “O’zbekistonning kelajagi nima bo’ladi?” degan savolga borgan sari salbiy javob topayapman. Chunki hamma vaqt diktaturadan, zulmdan keyin mamlakatlar mushkul davrni boshdan kechirganlar. Afsuski bizda ham shunday bo’ladi. Buning ustiga haqiqiy demokratlarimiz juda oz.

Demokratiya bu avvalo bag’ri kenglik. Yaxshini ham yomonni ham, og’irni ham yengilni ham bir ko’krakka sig’dira olgan kishi demokrat bo’la oladi. Bugun sizga maktub yozishdan oldin Washington markaziga chiqqandim. Ayollar huquqlari uchun yurish bo’layotgan ekan. Qariyb bir million ayol prezident Bushni qoralab yozuvlar, plakatlar ko’tarib olishgan. Mikrofonlar yonidagilar uni ochiq oydin qilib iste’foga chaqirmoqdalar va saylovda unga ovoz bermaslikni targ’ib qilmoqdalar. Atrofda mirshablar tinchlikni qo’riqlab turishibdi. Birovning hatto mushugini “pisht” deyishmaydi. Ular hukumatni emas, xalqni qo’riqlashadi. Shu xalqning puli bilan ishlayotganlari va yashayotganlarini biladilar. Xalq ham buni ularga ochiq ayta oladi. Bunday hol bizda qachon yuz bersihi mumkin? Bizda mirshab hukumat, oddiy odamlar esa muttaham kabi bir hol emasmi?!

Bugun demokratman deganini ham tanqid qilsangiz sizni “fitnachi” deb ayblaydi, haqorat qiladi, qo’lida topponchasi bo’lsa otib tashlashga tayyor. Aslida siz uni ochiq tanqid qilasiz, u esa sizga qarshi zimdan ishlaydi va sizni “fitnachi” deb gap qiladi. Shu bizning demokratiya! Ertaga bular hukumatga kelslar Karimovdan ham battar bo'lmaydilarmi? Bugun o'zi panada turib, kimlargadir pul berib, kimlarnidir qoralsh uchun kitob chiqarib, maqola yozdirib yurgan odamlarga ertaga hukumat jilovi tegishini tasavvur qilishning o'zi dahshatli manzara.

Menga maktub yozgan bir o’quvchi 2004 yilning 4-aprel kuni “Golos Amerika"da (“Amerika ovozi”) Ozod dehqonlar (Ozod bo’lmagan dehqonlar partiyasi deyilsa O’zbekiston nuqtai nazaridan mantiqqa yaqinroq bo’lardi-menga xat yozgan o’quvchining iborasi-JM) partiyasi nomidan Nigora Hidoyatova gapirgani va buni efirga berib o’zbek xalqini ruslar oldida sharmanda ettingizlar” deb ta’na qilgan.

Men o’zbek bo’limida ishlaganim va sihbat rus bo’limidan ketganini, qolaversa radio erkin minbarligini aytib javob qildim. Ammo suhbatni eshitib ko’rib, yuragim og’ridi. Haqiqatdan ham bizda demokratlar u yoqda tursin suyosatchilar ham anqoning urug’i. Davra suhbatida Nigora Hidoyatova o’zining tarixchi, faylasuf ekanligini aytgani bilan na tarixni va na siyosatni bilmasligini ko'rsatgan.

Maqsadingiz nima, degan savolga, u maqsadimiz Sovet davridagi sotsializm yutuqlarini saqlab qolgan holda kapitalizmni yaratishdir, degan. Davra suhbati qatnashchilari uning ustidan kulib, unga partiyangizning kelajagi yo’q va o’limga mahkumdir, deb javob qilishgan. Rus bo’limidagilarga rahmat aytdim, chunki siyosatni umuman bilmagan bir odamning kimligini uning o’z tili bilan ochib berishgandi. Sizga ham eshitishni maslahat qilaman. Quyidagi adresda turibdi. www.voanews.com/russian web sahifasining bahslar bo’limida.

Bugun haqiqiy siyosatchilar yo’qligi bois siyosat asl maqsadi boshqa bo’lgan nosiyosatchilarning qo’liga o’tib borayotgani keljakaning ham qorong’u ekanligiga ishoradir.

Aslida men bugun o’zini demokrat hisoblab yurganlarning ertaga hokimiyat boshiga kelishlariga ishonmayman. Bunga ularning o’zlari ham ishonmaydilar. Chunki ular demokrat emas, balki oz’larini demokrat hisoblovchilardir. Shunday qilmasalar, “grant” (yegulik manbai) topolmaydilar. Agar diktatorlik uchun ham grant berilsa, ular bir zumda o’zlarini diktator deb e’lon qiladilar va diktatorlikning bizga naqadar kerakligini isbotlashga urinadilar. Ular siyosatni, millat kelajagini pullab kun ko’ruvchilardir. Ularni Karimov rejimi, bugungi voqelik yetishtirdi. Bu yashash tarziga aylanib qolgani esa hammamizning fojeamiz.dir

Men bu bilan hammaning yuziga birdan loy chaplamoqchi emasman, bunday usulni qoralayman ham, chin dildan demokrat bo’lganlar ham bor va ular agar chetda bo’lsalar siz kabi aziyat chekmoqdalar, mamlakatda esalar xalqning dardi bilan yonmoqdalar, xalqning ichida yuribdilar.

Kecha Washingtonda Mehnat vazirligi binosining yonidan o’tdim. Hashamatli bino. Shoh yo’llardan biri shu binoning ostidan o’tadi. Xuddi shu joyda ishsizlar tunashar, yashashar ekan. Dunyoning ishini qarang. Mehnat vazirligi binosining ostida ishsizlar…Bu dunyo ana shunaqa! 2004 yilning 25 Apreli, Yakshanba. Hurmat bilan JM”

VA JAVOBGA JAVOB...

"Salom Jahongir aka, bir oz ishdan bo'shagan edim, Internetga dam olish uchun kelgan edim, sizdan katta xat kelganini ko'rib juda xursan bo'ldim va ezilib ezilib o'qidim...To'gri aytasiz aka, kundan kun diktator asosi ( taynch) ini mustahkamlab, xalqni o'ldirib bormoqda, bilmadim Xudo o'zi olmasa bandasi ololmaydigan darajaga etib qoldi choqi, lekin xalqimiz katta kuch, lekin hozir bir oz uxlamoqda, balkim uxlaganining sababi siz akalar chetda (quvgunda ) ekanligingiz , biz yoshlar (ahvolni ozgina tushunadigan) ham qaysidir sabablar bilan yoki qo'rqoqlik bilan chetda yurganimiz-mi ekan deb o'ylayman.

Chetda yurganimdan ham uyalaman aka, xudi ki AQSH liklar menga "Ha Vataningni rivojlantira olmadingmi, qo'lingdan kelmadimi, qachon yurtingga ketasan?" deyayotganday tuyuladi, lekin AQSHliklar hech ham bunday deyishmaydi, lekin menga alam qiladi. aka. ishdan keyin ular oilasiga boradi, bolasini boqchdan olib keladi yoki do'stlar davrasiga boradi, biz chi biz ...

To'g'ri aka "Mehnat vazirlligi oldida ishsizlar yashashi". Tarixni ham bir eslang, aka bu xalqqa yoki Xudo shunday taqdir yozganmi?

Buxoroni ruslar olganda 17 VAGON oltinni olib ketishgan, qolganini Said Olimxon olib ketgan. Bir kilogramm oltinni ko'z oldimizga keltirsak, 17 vagon oltin qanchalik boylik ekanligini tasavvur qilish qiyin emas. .Agarda Buxoro amiri shu boylikni xalqni farovonligi uchun, himoya uchun sarflaganda biz boshqacha holatdagi O'zbek fuqorolari bo'lar midik?

Jahongir aka shularni o'ylab charchayman va bu dunyo yolgo'nchi ,o'tkinchi dunyo, narigi dunyo asosiysi deb bu dunyoga qo'l siltayman, keyin esa "Balkim biz musulmonlar shunday deb o'ylashimiz, bu ifloslarni yanada ildiz otishiga yo'l qo'yib bermayaptimikan?" deb o'ylab qolaman.

Ha, shunday aka, lekin nasib bo'lsa ozod bo'lamiz degan umid, baribir umidimni Vatanimga bo'g’lab qolaman . Hurmat bilan Zaynobiddin"

Muhtaram o'quvchi. Bu gaplarga siz nima deysiz? Mulohazangizni jahongirm2@yahoo.com adresiga yozing.
1

Категория: Maqolalar | Просмотров: 2523 | Добавил: gulruh | Рейтинг: 3.4/5 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Разделы новостей
She'rlar [22]
Hikoyalar [4]
Rasmlar [2]
Maqolalar [90]
Kundaliklar [5]
Yangiliklar [75]
Форма входа
Календарь новостей
«  Сентябрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Поиск
Друзья сайта
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Наш опрос
Bu sayitni admini kim?

[ Результаты · Архив опросов ]

Всего ответов: 21
Мини-чат
200