O`tgan hafta davomida Respublika Ko`chmas mulk birjasida jami 19 davlat objektlari 21857,03 ming so`mga sotildi. Shu jumladan, RKMB filiallari va "Кim oshdi savdolari agentligi" ma`suliyati cheklangan jamiyati tomonidan o`tkazilgan auktsion va tanlov savdolari orqali 16 ta objekt 5107 ming so`mga, birja savdolarida esa 3 ta mulk 16750,03 ming so`mga sotildi. Ushbu haftada soni b`yicha RKMB Xorazm viloyati filiali (11 ta mulk), summasi bo`yicha bo`lsa RKMB Markaziy apparat RKMB (16750,03 ming so`mga) yuqori ko`rsatkichlarga erishdi. Qolgan RKMB filiallari bo`yicha soni va summasi bo`yicha mos ravishda quyidagicha holat vujutga kelgan: Navoi viloyati – 5 ta mulk 4608 ming so`m, Xorezm viloyati - 11 ta mulk 499 ming so`m, RKMB Markaziy apparati – 3 ta mulk 16750,03 ming so`m.