Elektron pochta orqali muhabbat Elektron pochta orqali muhabbat Elektron pochta agar aql bilan ishlatilsa, juda kuchli muhabbat quroliga aylanishi mumkin. Elektron sevgi xatlaringizda rostgo’y, hazilkash va sabrli bo’ling. Maslahatlar: 1. Birinchi navbatda, o’zingizga elektron pochta manzilini yarating. Bu sizning provayderingizdan yoki myp, yahoo, hotmail, rambler kabi tekin elektron pochta manbaalaridan ochilishi mumkin. 2. Internetda tanishganlaringiz orasidan o’zingizga manzur bo’lganlari bilan e-manzillaringizni almashing. 3. Suhbatlashish vaqtini uzaytirish uchun e-pochtangizdan foydalaning. 4. Hazilkash bo’ling va hayotga ijobiy ko’z bilan qarang, lekin o’zingizga ko’p bino qo’yib yubormang. 5. O’zingizdagi hazil hissini ko’rsata biling va doimo rost so’zlang. 6. Biror haftalardan so’ng ancha ochiq gaplasha boshlang: orzu-maqsadlaringiz haqida gapiring, fikr-mulohazalaringizni u bilan o’rtoqlashing. 7. O’zingizning oilangiz, kelib chiqishingiz haqida gapirib bering va undan ham shularni so’rang. 8. Tez-tez yozib turing, xatlaringiz aniq va ravon bo’lsin, lekin bu mashg’ulotga juda ham berilib ketmang. 9. Do’stingizdan olgan barcha xatlaringizni keyinchalik ularni ko’zdan kechirib chiqish uchun saqlab qo’ying. 10. Birinchi yuzma-yuz uchrashuvingizni faqatgina o’rtangizda ishonch va do’stlik paydo bo’lgandagina rejalashtiring. Eslatma: Munosabatlaringiz rivojlanishi uchun vaqt va yana vaqt talab etiladi. Yigitlar aslida qandayliklarini hayotda yoki chatdan ham ko’ra ko’proq e-pochtada ko’rinadi. Ogohlantirish: Sizga internetda also o’zingizning haqiqiy manzilingizni berishingizni tavsiya etmaymiz. Sevib qolishga shoshilmang. Elektron pochta orqali insonlar tez yaqin bo’lib ketishlari mumkin. Lekin shunga qaramay internetdagi do’stingizni hayotda ko’rmaguncha “sevgi” so’zini ishlatmaslikni maslahat beramiz. Maslahatlar: O’zligingizni saqlang! Aslo o’zgalarga taqlid qilmang yoki rol o’ynamang, agar shunday qilsangiz, birinchidan, o’zingizga emas rolingizga munosib odamni e’tiborini jalb etasiz, ikkinchidan, keyinchalik ham uzoq muddat davomida rol o’ynashingizga to’g’ri keladi. E-pochta do’stingizni yaxshiroq bilib olishning juda yaxshi usuli, lekin shunga qaramasdan qizlarni e-pochta yoki chat so’zlashuvi orqali uchrashuvga taklif qilmang. Bu bilan siz ularda o’zingiz haqingizda his-tuyg’ularini ayta olmaydigan uyatchan yigit tasavvurin
|