Juma, 20.12.24, 16.14
Приветствую Вас bemor
Главная

Регистрация

Вход

RSS
Главная » 2006 » Сентябрь » 30 » INTIZOR KUTILGAN OY
INTIZOR KUTILGAN OY
16.41
INTIZOR KUTILGAN OY

Alloh taolo o‘z bandalariga rahmat o‘laroq bergan bu muborak oy tashrifi mudrab yotgan ezgu hislarimizni qo‘ng‘iroq kabi uyg‘otib yuboradi. Har yili ana shu ajib holat takrorlanaveradi.
30 kun davomida vujudimiz betakror ilohiy fayz bilan limmo-lim to‘ladi, qalblarga yilning boshqa biror bir fursatida topilmaydigan xotirjamlik, sakinat inadi. Avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat va oxiri do‘zaxdan najot bo‘lgan bu muborak oyda tanamiz, qalbimiz — butun vujudimiz poklanadi.
Qalblarimizning xira tortgan oynasi asliy tiniqligiga qaytadi, zil-zambil og‘irlikdan yoy bo‘lib qolayozgan vujudimiz gunoh yukidan xalos bo‘ladi. Dillardan g‘ashlik ketadi, ma’siyat va isyon dog‘lari yuviladi.
Alloh taolo har bir kalomiga hikmat ingan Qur’oni karimda: “Ey mo‘minlar, taqvoli bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi”, deya amr qiladi. Farmoni ilohiyda alohida e’tirof etilganidek, Ramazon ro‘zasining farz qilinishi hikmati taqvoli bo‘lishimiz, ya’ni qalbimizda Allohdan ro‘yi rost qo‘rqish hissi shakllanmog‘i uchundir. Darhaqiqat, Ramazoni sharif sabr-toqat, taqvo oyidir. Bu oyda sahardan to kun botkunga qadar yemoq-ichmoqdan parhez qilib, imonimizni sinovdan o‘tkazamiz, taqvoyimizni ziyoda qilamiz, azaliy va abadiy dushmanimiz — nafsimiz ustidan yana qayta hukmron bo‘lib, Yaratgan Robbimizga yaqinroq bo‘lamiz.
Insoniyat uchun Qiyomatga qadar hidoyat mayog‘i bo‘lgan Qur’oni karim nozil bo‘lgan Ramazon ulkan savoblar oyidir. Alloh tao­lo hadisi qudsiyda: “Odam bolasining hamma ishi o‘zi uchun, illo ro‘za men uchun. Uning savobini o‘zim bilib beraman”, deydi. Ushbu hadisi qudsiy sharhida ulamolar aytishadi: boshqa amallar uchun savob tayin etib qo‘yilgan. Ro‘za uchun esa haddan tashqari ko‘p, sanoqsiz savob beriladi va uning miqdorini yolg‘iz O‘zi biladi.
Ramazon ro‘zasi tanani epaqaga keltirish, ozish maqsadida tutilmaydi. Sahardan to shomga qadar och va tashna yurishdan ko‘zlangan murod Yaratgan Robbimiz rizoligiga erishishdir.
Payg‘ambarimiz Muhamamad (s. a. v.) shunday xushxabar beradilar: “Ro‘zadorga ikki xursandchilik bor. Bu iftor paytidagi xursandchilik va Robbisi bilan muloqot paytidagi xursandchilikdir”. Mo‘min kishi uchun Robbisi jamoliga erishishdan-da buyukroq maqsad-muddao yo‘q. Alloh taolo boshqa biror bir amal uchun bunday oliy mukofot va’da qilmagan. Ramazon ro‘zasi uchun esa Alloh visoli va’da qilinmoqda. Ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketadigan g‘animat kunlardan unumli foydalanib qolaylik. Barchamizdan Alloh rozi bo‘lsin!
Категория: Maqolalar | Просмотров: 976 | Добавил: gulruh | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Разделы новостей
She'rlar [22]
Hikoyalar [4]
Rasmlar [2]
Maqolalar [90]
Kundaliklar [5]
Yangiliklar [75]
Форма входа
Календарь новостей
«  Сентябрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Поиск
Друзья сайта
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Наш опрос
Bu sayitni admini kim?

[ Результаты · Архив опросов ]

Всего ответов: 21
Мини-чат
200