Juma, 20.12.24, 16.12
Приветствую Вас bemor
Главная

Регистрация

Вход

RSS
Главная » 2006 » Сентябрь » 30 » O‘N TO‘RT YIL KO‘RILGAN ISH
O‘N TO‘RT YIL KO‘RILGAN ISH
16.40
kelib-kelib 80 yoshli Buvixol momoning nafaqasiga chang soldi. Qanday qilib?
Bundan ko‘p emas, kam emas 25 yil muqaddam Akram Nurmatov (Buvixol Egamberdievaning o‘g‘li) Sayyora Qurbonova bilan yaxshi niyat qilib turmush qurishdi. Yangi oilada bir qiz tug‘iladi. Lekin 1985 yildan boshlab oralariga sovuqchilik tushadi. Va unga besh yil deganda, aniqrog‘i, 1990 yil 29 yanvar kuni Jomboy tuman sudi tomonidan nuqta qo‘yiladi, ya’ni nikoh bekor qilinadi.
S. Qurbonova sud orqali o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni olib ketadi. S. Qurbonova sudning o‘sha kungi ikkinchi qarori bilan er-xotin bo‘lib yashayotgan uyiga gaz o‘tkazish, tomini shifer bilan yopish va ta’mirlanishi uchun harajat qilgani va ayni paytda yashashi uchun uy-joyi yo‘qligi, uy-joyga ega bo‘lish uchun A. Nurmatovdan 2000 so‘m undirib berishni so‘rab yozgan arizasi sud tomonidan qanoatlantiriladi. Va Axtam Nurmatovdan 2000 so‘m undiriladi. Chunki o‘sha paytda yashab turgan xonadon Axtam Nurmatovning nomida bo‘lgan. Qisqa qilib ayt­ganda, nikoh bekor qilinib o‘rtadagi bor mol-mulk taqsimlanib olib ketiladi. Demak, ora ochiq. Undan keyin A. Nurmatovning yashash manzili o‘zgaradi. S. Qurbonova esa 1989 yilning may oyidan Samarqand shahrining Sartepa mavzesida yashay boshlaydi.
Oradan oz emas, ko‘p emas 14 yil o‘tganidan keyin 2004 yilning yanvaridan boshlab, nafaqaxo‘r Buvixol Egamberdieva va o‘g‘li Axtamning tinchi yana buziladi. S. Qurbonova kutilmaganda Tayloq tumanlararo fuqarolik sudiga murojaat qilib
A. Nurmatov bilan 19 yildan buyon birga yashab ana shu davrda mol-mulk orttirganligi, munosabatlari 2003 yildan boshlab yomonlashib qolganligi, keyinroq bilsa o‘rtalaridagi nikoh 1990 yili Jomboy sudi tomonidan bekor qilinganligi, endi u bilan yarashishdan foyda yo‘qligini ma’lum qilib, eri A. Nurmatovning Urgut tumani “Papani” qishlog‘ida joylashgan uyidagi jami 2986000 so‘m (ikki million to‘qqiz yuz sakson olti ming so‘m)lik 22 turdagi kiyim-kechak va idish-tovoqlar, 1992 yilda qurilgan ayvon, og‘ilxona, tomli garaj va darvozaxonaga qilgan xarajatlaridan ulush undirib berilishini so‘raydi.
Sud ularning ajrashishganiga 14 yil o‘tgani, qolaversa, qonunda belgilangan da’vo muddati (3 yil) o‘tib ketganiga qaramasdan ishni ko‘rib chiqish lozim deb topadi. 2004 yil yanvar oyida chiqarilgan ajrimga asosan Urgut tumani sud ijrochilari U. Mardonov va A. Haydarov A. Nurmatovning onasi Buvixol momoga tegishli bo‘lgan mol-mulkni S. Qurbonovaning mol-mulki deb ro‘yxatga oladi va vaqtincha saqlash uchun momoning o‘ziga topshiriladi. Eng hayratlanarlisi, dalolatnomada ko‘rsatilgan ayrim mol-mulk­lar da’vogar tomonidan 5 yil burun olib ketilganligi bayon qilinadi va bu ham kamlik qilganidek, ijrochi hamda da’vogarning imzosidan boshqa barcha imzolar soxtalashtirilib, sudga taqdim etiladi. Sudya
T. Isoqov 2004 yilning 12 aprelida tomonlarni sudga chaqirmasdan yuzaki va sirtdan hal qiluv qarorini chiqarib yuboradi. Da’vogarning arizasi qanoatlantiriladi va ijroga qaratiladi. Ana shundan keyin katta sud ijrochisi Burxon Boboev tegishli idoralardan qarzdor A. Nurmatov nomida uy-joy, pul jamg‘armasi yoki avtotransport vositasi bor-yo‘qligini aniqlab berish uchun ma’lumot so‘raydi. So‘ralgan tashkilotlar A. Nurmatovga tegishli hech narsa yo‘qligini ma’lum qilganlaridan so‘ng nafaqaxo‘r B. Egamberdieva nomidagi mol-mulklarni aniqlashga kirishadi va momo tasarrufidagi mol-mulklarni sotish, boshqa birovning nomiga rasmiylashtirishni taqiqilaydi...
Sudning bunday qaroridan norozi bo‘lgan A. Nurmatov viloyat sudiga murojaat qiladi. 2004 yilning iyun oyida viloyat sudi kassatsiya instantsiyasi ajrimi bilan sudya T. Isoqov tomonidan qabul qilingan qarorni bekor qiladi va ish qaytadan ko‘rish uchun yana fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloq tumanlararo sudiga jo‘natiladi.
Viloyat sudi ham negadir da’vo muddati o‘tib ketganligiga e’tibor qilmaydi. Ish bu gal sobiq rais Abdullaev tomonidan ko‘rib chiqiladi. Sobiq rais S. Abdullaev ham A. Nurmatov va B. Egamberdievani sudga chaqirmasdan ularning so‘zlaridan ko‘rsatma to‘qib, da’vogar S. Qurbonovaning mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi da’vo arizasini qisman qanoatlantiradi.
2004 yil 23 yanvardagi dalolatnomada ko‘rsatilgan mol-mulk­lar yangi qarorda haddan ziyod bo‘rttiriladi va ular S. Qurbonovaning shaxsiy mulki deb topiladi. Bordi-yu, mulklar asl holida topilmasa, qiymati jami 133000 so‘m javobgardan undirilishi ko‘rsatiladi. Bu ham yetmaganidek, qarorda ko‘rsatilgan manzil — “Bobur” sh/x “Papani” qishlog‘ida yashovchi, qo‘shimcha javobgar B. Egamberdievaga tegishli uy-joyning ayvon, og‘ilxona va temirdan yasalgan darvoza S. Qurbonovaning ulushli mulki deb topiladi. Va ular javobgar A. Nurmatov va B. Egamberdieva ixtiyorida qoldirilib, ulardan solidar tartibda naqd pul hisobida 642250 so‘m undirilishi yuklanadi. Qo‘shimcha 130500 so‘mlik kiyim-kechak javobgar
A. Nurmatovning zimmasida qoladi. Va yana mol-mulk qiymatining teng yarmi naqd pul hisobida (73500so‘m) undirilishi belgilanadi. S. Abdullaevning bu harakati sudya T. Isoqovnikidan o‘n chandon oshib tushadi.
Sud qarori katta ijrochi Burxon Boboevning B. Egamberdieva va A. Nurmatovdan solidar tartibda S. Qurbonova foydasiga jami 848750 so‘m va davlat boji to‘lanadigan 42400 so‘mni undirish uchun ijroni to‘g‘ridan to‘g‘ri ona va bolaning nafaqasiga qaratadi. Majburiy ijro tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limi boshlig‘i B. Berdievga yuklanadi. Momoning 4 qiz,
1 o‘g‘li bor. Qizlari turmushga chiqib ketishgan. O‘g‘li esa Samar­qand shahrida yashaydi. Mahallada kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatida turadi. Bir o‘zi yashaydi. Uy 1954 yildan buyon o‘zining nomida. O‘g‘li va sobiq kelini S. Qurbonova yashagan qisqa davrda ham ularga uyga egalik huquqi berilmagan. Bunday holatning yuzaga kelishiga ayrim idoralarning ham “hissasi” borga o‘xshaydi. Masalan, S. Qurbonova 2003 yil 4 noyabrda Samarqand shahrida joylashgan Advokat SAF-“Qonun” advokaturasining 3.11.2003 yilgi xatiga asosan shahar
2-son FHDYo bo‘limidan qonuniy nikohda turganligi to‘g‘risida takroriy guvohnoma oladi. Eng qizig‘i, ham er-xotin sifatida ro‘yxatda turishi FHDYo bo‘limidan olingan ma’lumotga qaraganda, Jomboy sudi chiqargan “nikohni bekor qilish” to‘g‘risidagi qaror 16 yildan buyon yetib kelmagan. Va bu “ish”ga Samarqand shahar, “B. Zokirov” mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan berilgan soxta ma’lumotnoma va Urgut tuman yer kadastri texnik inventarizatsiya idorasining 2004 yil 21 iyun kuni tayyorlangan inventar hujjatlarining ham roli katta bo‘lgan. Qayta ro‘yxatga olingan yangi kitobda momoning yashash uyi va ayvoni 1954 yilda, darvozaxona, sayisxona va og‘ilxona esa 1988 yilda qurilgan deb va ular 4392800 so‘mga baholanib sudga bir qancha soxta hujjatlar taqdim etilgan.
“Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Toshtemir Xudoyqulovning momoni himoya qilib, sudga qilgan murojaati e’tiborsiz qoldiriladi. Uning guvohlik berishicha, Buvixol momoning uyi 1954 yilda, qo‘shimcha molxona, sayisxona va darvoza esa 1975 yilda qurilgan, deb yozadi u.
Tom usti shifer qilingani ham taxminan o‘sha yillarga to‘g‘ri keladi. Buni birgina men emas, qolaversa, qishloq aholisi ham tasdiqlaydi, deb yozadi u. Uy-joyning qurilishida o‘g‘li va sobiq kelinining aloqasi yo‘q. 2004 yil yoz faslida tuman yer kadastri mutaxassislari kelib, uy-joyini ro‘yxatga olib ketganidan keyin xabardor bo‘ldim. Buni qanday tushunish mumkin? Axir bu yerda ham, mahalla bor, oqsoqollar bor. Ular avvalo bizga uchrashishlari kerak edi. Momoning ojizligi va yolg‘izligidan foydalanib, xohlagan ishlarini qilaveradilarmi, deydi oqsoqol.
Bu ham kamlik qilganidek ijrochilar momoga tegishli bo‘lgan bir bosh sigirni ham ro‘yxatga olib, da’vogar foydasiga pul qiymatida hal qilib berishadi. Jabrdiyda B. Egamberdieva sobiq rais S. Abdullaevga o‘g‘lim bilan birga yashamayman, sud o‘g‘lim va menga solidar tartibda 800000 so‘mga qaror chiqaribdi. Menda nima ayb? Men qarib qoldim. Hovlidagi bir bosh sigirimni o‘limimga deb asrab, boqib yurgan edim. Boshqa hech narsam yo‘q hisobi. Sigirimni ro‘yxatdan chiqarib, menga qaytarib beri­ng­­lar deb yig‘lab, zorlanib yoz­g‘irganlari ham inobatga olinmaydi...
Qalbaki imzolar bilan tuzilgan dalolatnoma va soxta qaror ta’sirida, mana uch yildirki, Buvixol momo va o‘g‘li ovora bo‘lib yurishibdi. Tegishli mol-mulklar, “Baholash komissiyasi” qolib ijrochilar tomonidan baholanib, sudga taqdim etilganligini izohlashga so‘z ojiz.
Osmon yiroq, yer qattiq,
80 yoshli Buvixol momoning qo‘lida hassa, ko‘zida yosh bilan turli idoralarga qilgan murojaatlari naf bermadi. Momo noqonuniy moddiy va ma’naviy zarar ko‘rdi. Davlat tomonidan berilayotgan, issiq kuniga yarab turgan nafaqasiga ham chang solindi, mol-mulki talon-taroj qilindi...
Категория: Maqolalar | Просмотров: 1736 | Добавил: gulruh | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Разделы новостей
She'rlar [22]
Hikoyalar [4]
Rasmlar [2]
Maqolalar [90]
Kundaliklar [5]
Yangiliklar [75]
Форма входа
Календарь новостей
«  Сентябрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Поиск
Друзья сайта
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Наш опрос
Bu sayitn ishga tushganiga nech yil bo'ldi

[ Результаты · Архив опросов ]

Всего ответов: 37
Мини-чат
200