Juma, 20.12.24, 17.03
Приветствую Вас bemor
Главная

Регистрация

Вход

RSS
Главная » 2006 » Сентябрь » 25 » O'zbekistonda diniy ekstremizm, terrorizm xavfi qanchalik asosli?
O'zbekistonda diniy ekstremizm, terrorizm xavfi qanchalik asosli?
02.37
O`zbekistonda diniy ektremizm tahdidiga, uning rivojlanish sabablariga oid xalqaro konferensiya o`tgan. Kuzatuvchilarga ko`ra, rasmiy hukumat tomonidan diniy ekstremizm va terrorizm xavfi haqida bildirilayotgan tashvishlar o`rinsiz va siyosiy niqobga ega.

Toshkentdagi Islom unversitetida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada diniy ekstremizm tahdidi o`sib borayotgani qayd etilgan. Unda MDH davlatlari, Fransiya, Germaniya va Osiyodan bir qator mutaxassislar ishtirok etgan.

Konferensiya xulosalariga ko`ra, yoshlar o`rtasida diniy ekstremizm kayfiyatiga moyillik o`smoqda. Ekstremistik tashkilotlar o`z nishonlari sifatida asosan yoshlarni tanlamoqda.

O`zbekistonda diniy ekstremizm va terrorizm tahdidi haqida mutlaqo qarama qarshi qarashlar mavjud.

Hukumatga ko’ra, O`zbekiston xalqaro terrorizm qurboniga aylangan, diniy ekstremizm xavfi ostida turgan mamlakatlardan biri. So`nggi yillarda O`zbekistonda kuzatilgan portlashlar, qo`poruvchilik harakatlari aynan xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm bilan bog’lanadi.



O`zbekiston qamoqxonalarida saqlanayotgan minglab mahbuslar, davom etayotgan hibsga olinishlar hukumatning diniy ekstremizm va terrorchilik tahdidi haqidagi tashvishlariga asoslanadi.

Muxolifat vakillari, mustaqil kuzatuvchilar fikricha, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm tahdidi hukumat uchun siyosiy o`yin, xolos.

Muxolifatdagi “Erk” partiyasi bosh kotibi Otanazar Oripovning aytishicha, O`zbekistonda diniy ekstremizm xavfi kuchli deyish hech qanday asosga ega emas:

“Hukumat xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm O`zbekistonga tahdid qilayapti deyishni ancha oldin boshlagan. Shu tezisni isbotlash uchun ko`plab jinoiy ishlar to`qib tashlandi. Hozir qamoqxonalarda o`tirgan dindorlar, nomozxonlar, ekstremistlar, terrorchilar deyilganlarni juda ko`p qismi qalbaki. Qalbaki jinoyatchilar turmada o`tirishdan kim manfaatdor? Xalq, xalqaro jamoatchilik bundan manfaatdor emas, faqatgina O`zbekiston hukumati bundan manfaat topayapti, siyosiy kapital yig`ayapti”, - deydi Otanazar Oripov.

Kuzatuvchilar nazarida, dunyoviy muxolifat vakillarining ham diniy ekstremizm aybi bilan qamoqqa tashlanishi hukumat uchun har qanday muxolifatni ayovsiz bostirishning asosiy usuliga aylangan.

Hozirgacha muxolifatning ko`plab vakillari aynan diniy ekstremizm aybi bilan qamoqda saqlanmoqda.

Kuzatuvchilar talqinicha, ekstremistik kayfiyat O`zbekistonda biror siyosiy ko`rinishga ega bo`lmagan ayrim hollarda bo`lishi mumkin, biroq hukumat ana shu ozchilikni dastaklagan holda, ekstremizm tahdidini to`qib chiqarmoqda.


Tohir Yo'ldoshev, O'zbekiston Islom Harakati yetakchisi
Kuzatuvchilar, shu jumladan hukumat pozitsiyasini yoritayotgan ekspertlarning aytishicha, O`zbekiston Islom Harakatining yaqinda Markaziy Osiyodagi ayrim davlat rahbarlariga bildirgan bayonoti ham jiddiy kuchga, asosga ega emas.

O`zbekiston Islom Harakatining o`zi aniq kuchga ega bo`lmasa-da, bayonot ayrim mulohazalarga undaydi, deydi Otanazar Oripov.

“Bu bayonot hozirgi dunyo siyosatidagi o’yinlarning bir qismi degan xayolga olib keladi. Nimaga, qaysi davlatga, qanday harbiy kuchlarga asoslanib aytayapti, yoki qandaydir bir kuchlar paydo bo`ldimikan, degan mulohaza tug’iladi”.

Aholisi asosan musulmonlar bo`lgan O`zbekistonda, deyishadi kuzatuvchilar, so`z va inson erkinligi cheklangani, siyosiy bo`shliq mavjudligi, og`ir iqtisodiy ahvol hukumatga nisbatan norozilik keltirib chiqargan.

Norozilik ochiq bildirilishi cheklangan, ta’qibga olinayotgan sharoit hukumatga nisbatan munosabatni yanada keskinlashtirmoqda, jumladan ekstremistik kayfiyatga yetaklovchi sabablardan biri shu ekanligi urg’ulanadi.

Islom unversitetida o`tkazilgan xalqaro konferensiya diniy ekstremizmga yetaklovchi bu sabablarni tahlil etmaydi. Anjuman ma’lumotlariga ko`ra, ekstremistik kayfiyat O`zbekiston aholisiga tashqaridan, turli ekstremistik tashkilotlar tomonidan singdirilmoqda, asosan yoshlar nishonga olinmoqda.

O`zbekistonlik yoshlarga ko`ra, ularni iqtisodiy nochorlik, islom haqidagi bilimning yetishmasligi ekstremistik oqimga yetaklashi mumkin:

“Hozirgi paytda diniy darslar o’tilmaydi, shuning uchun ular talabalarni emas boshqa odamlarni ham singdirishi mumkin”.

“Men ham shu fikrga qo’shilaman. Islom haqida bir-ikki para darslik kiritilishi kerak, din nima ekanligini miyasiga quyib oladi, o`zini tutishni o`rganadi, siyosiy-moddiy jihatdan muammolarga uchragan talabalar bunga qo`shilishlari mumkin”, - degan fikrlarni bildirishadi yoshlar.

“Ehtimol, maktabdan islom haqidagi bilimlarni berib borish kerakdir. Shunda terrorchilik haqida yoshlar aniq tasavvurga ega bo`larmidi, bu haqda mutaxassislar o`ylab ko`rishi kerak”, - deydi yana bir suhbatdosh.

Yoshlarga ko`ra, islom maktabda ham, institutlarda ham o`rgatilmaydi, o`rganish ehtiyoji esa bor.

Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, O`zbekistonda islomni mustaqil tarzda, ayniqsa 4-5 kishi yig`ilgan holda o`rganish keskin ta`qibga olinadi va shuning o`zi fuqaroni diniy ekstremizmda ayblashda yetarli asos hisoblanadi.

Категория: Maqolalar | Просмотров: 2100 | Добавил: gulruh | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Разделы новостей
She'rlar [22]
Hikoyalar [4]
Rasmlar [2]
Maqolalar [90]
Kundaliklar [5]
Yangiliklar [75]
Форма входа
Календарь новостей
«  Сентябрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Поиск
Друзья сайта
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Наш опрос
Bu sayitni admini kim?

[ Результаты · Архив опросов ]

Всего ответов: 21
Мини-чат
200