Busurmonqul Tabaldiyev Qirg'iziston Xavfsizlik Kengashi raisi Busurmonqul Tabaldiyev ishdan ketgan. Prezident Kurmanbek Bakiyev uning o'rinbosari bo'lmish ukasi Janish Bakiyevni ham ishdan olgan. Har ikki rasmiy o'tgan hafta parlamentning sobiq raisi O'murbek Tekebayev chemodaniga 600 gram geroin solib qo'yilishida qo'li borlikda ayblanmoqda. Deputat Tekebayev 6 avgust kuni Polsha poytaxti Varshava aeroportida qoradori bilan qo'lga olingan va uzoq so'roq qilinib, qo'yib yuborilgan edi. O'murbek Tekebayev Tekebayev tarafdorlari voqeani darhol muxolifatchi qonunchiga qarshi qilingan ig'vo deb ta'riflagan edilar. Parlament komissiyasi hodisani tekshirib chiqqan va Qirg'iziston xavfsizligi rahbari va uning muovini qatnashgan uydirma deb xulosa qilgan. Tabaldiyevning o'zi ishdan bo'shash haqida ariza bergan bo'lsada, maxsus amaliyot haqida hech narsa bilmaganini aytmoqda. "Kerak bo'lsa, Tekebayevdan uzr so'rayman",- deydi u. Prezidenti Bakiyev bilan til topisha olmay, parlament raisligidan ketgan Tekebayev esa Qirg'izistonning inqilobiy hukumatini o'z va'dalarida turmaganlikda va mamlakatda chuqur ildiz otgan korrupsiyaga qarshi kurashmayotganlikda ayblab keladi.
|