Juma, 20.12.24, 11.14
Приветствую Вас bemor
Главная

Регистрация

Вход

RSS
Главная » 2006 » Сентябрь » 9 » O'rta yoshli fuqarolar hali ham SSSR sog'inchi bilan yashamoqda
O'rta yoshli fuqarolar hali ham SSSR sog'inchi bilan yashamoqda
19.57
Tojikiston qishloqlarida mustaqillik yillarida deyarli hech qanday taraqqiyot sezilmaydi
Markaziy Osyo davlatlarida mustaqilliking 15 yilligi tantanalariga tayyorgarlik ko’rilar ekan, iqtisodiy jihatdan qiynalayotgan, sobiq SSSR sog’inchi bilan yashayotgan o’rta yoshli fuqarolar ko’p.

Tojikistonda hozirgacha sobiq SSSRni sog’inch bilan eslovchilar talaygina. Ularning aksariyatini 35-65 yosh orasidagilar tashkil etadi. Yoshlar esa erkinlik va mustaqillikni afzal bilishadi.

Shahristonlik o’qituvchi Saidikrom Gulomov sobiq SSSR davrining avfzallik tomonini ahillik bo’lganida, mahalliychilikning yo’qligida va shikoyatlarning yuqoridan tekshirilganida ko’radi. Unga ko’ra, bugun Tojikistonda mahalliychilik kuchli bo’lib, SSSR vaqtida bu narsa uncha ko’zga tashlanmagan.

“U vaqtlarda bir yoqqa borsangiz hech kim sizni kimsan, millating nima, qayoqqa boryapsan demasdi. Hozir bunday emasku axir?! Janubdagilar bizni bolalar Dushanbega borsa, “gujoi”-qayerliksan, “chantai”- necha kishisilar deb so’rashadi. Mahalliychilik kuchli-da, hali bu narsa oxirigacha yo’qotilmagan. Sovet Ittifoqi davrida adolat bor edi. Mahalliy hukumatda adolatsizlk bo’lsa yuqoriga yozishardi. Rahbarlar bundan cho’chir edi. Hozir rahbarni ustidan qeb arz qilsangiz Dushanbega “ko’rib chiqilksin” deb o’zlariga qayetaradi”,-deydi G’ulomov.


Tojikiston keksalarining kuni og'ir
“Sho’ro davrini maqtash noto’gri. Sovet davrida ro’za tuta olmasdik. Men ro’za tutsam, menga partkom sekretari majburlab choy ichirgan vaqtlar bo’lgan”,-deydi bir namozxon.

Ayrim o’qituvchilar Sovet davri to’kinligini sog’inch bilan eslar ekanlar, u vaqtlarda ijtimoiy ta’minot a’lo darajada edi, deyishadi.

“Biz SSSRni sog’inamiz. U vaqtlarda maosh bilan kun o’tardi. Hozirgi pulimiz esa dam olish u yoqda tursin, aqalli nonga yetmaydi”,-dedi bir keksa o’qituvchi.

Sobiq rahbarlarning fikricha, Sovet Ittifoqi katta kuch va boylikni, ulkan xalqni o’zida jipslashtirgan buyuk imperiya bo’lgan. U davrning armon bilan eslanish sababi esa, u kunlardan qolgan to’qchilik va tashvishlarning ozligidandir. Ular nazarida o’tmishni eslab, uni qo’msagandan ko’ra oldinga intilib yashamak ma’quldir.

Tarix o’qituvchisi Mayramjon Xolmatovaga ko’ra esa har qanday tuzum bo’lishidan qat’iy nazar agar inson ishbilarmon va hunarmand bo’lsa hech qachon xor bo’lmaydi. Gulasal Shomatova esa sobiq SSSRda ishlagan ham, ishlamagan ham kunini o’tkaza olganini va magazinlar turli mollarga to’la bo’ganini tan oladi, ammo Sovet siyosati havas qiladigan darajada bo’lmagan, deydi u.

Tojikistonda sobiq SSSRni sog’inch va armon bilan eslovchilar ko’p bo’lsa-da, ro’y’ berayotgan o’zgarishlar va o’tayotgan yillar u davlatning tarix sahifalarida qolganini anglatadi.

Категория: Maqolalar | Просмотров: 1132 | Добавил: gulruh | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Разделы новостей
She'rlar [22]
Hikoyalar [4]
Rasmlar [2]
Maqolalar [90]
Kundaliklar [5]
Yangiliklar [75]
Форма входа
Календарь новостей
«  Сентябрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Поиск
Друзья сайта
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Наш опрос
Bu sayitni admini kim?

[ Результаты · Архив опросов ]

Всего ответов: 21
Мини-чат
200