Juma, 20.12.24, 10.38
Приветствую Вас bemor
Главная

Регистрация

Вход

RSS
Главная » 2006 » Сентябрь » 9 » Kunchiqar mamlakat serquyosh O'zbekistonga katta umid bog'lagan
Kunchiqar mamlakat serquyosh O'zbekistonga katta umid bog'lagan
19.55
Yaponiya energetik resurslarga boy Markaziy Osiyo bilan yaqin hamkorlik qilish ilinjida
Yaponiya Bosh vaziri Junichiro Koidzumi bugun Toshkentda O'zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan muzokara o'tkazdi.

O'zbekiston prezidenti va Yaponiya bosh vazirining yakkama-yakka tartibdagi muzokaralari Do'rmon qarorgohida bo'lib o'tgan.

Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarning rivojlanishi, istiqbollari, xalqaro siyosat, xalqaro maydonda maslahatli tarzda siyosat yuritish, Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga ko'maklashish yuzasidan fikr almashilgan.

Yaponiya tomoni mintaqa davlatlarining integratsiyasini qo'llab-quvvatlashini bildirgan. O'zbekistonda Yaponiya bosh vazirining rasmiy tashrifiga e'tibor katta.

Matbuotda tashrifga va umuman Yaponiyaga oid maqolalardan tashqari, O`zbekiston siyosiy partiyalarining ham Yaponiya bosh vazirining tashrifiga munosabatlari bildirilmoqda.

O`zbekiston Xalq demokratik partiyasining markaziy kengashi raisi o`rinbosari, deputat Sharbat Abdullayevga ko`ra, dinyodagi eng rivojlangan mamalkatlardan biri - Yaponiyaning O`zbekistonga bildirayotgan qiziqishi mamlakatda sarmoya uchun qulay sharoit yaratilgani, xalqlar madaniyatining bir biriga yaqinligi bilan bog’liq.

Kuzatuvchilar hukumat tomonidan Yaponiya bosh vaziri tashrifiga berilayotgan e’tiborning ber necha sabablariga ishora qilmoqda.

Birinchi sabab - Junichiro Koidzumining tashrifi Andijon fojiasidan keyin rivojlangan demokratik davlatlar tomonidan O`zbekistonga uyushtirilgan davlat miqyosida birinchi rasmiy tashrif ekanligi.

Bundan tashqari, O`zbekiston hukumati Yaponiya bilan hamkorlikdan aniq moddiy ko`mak va sarmoya kutmoqda. O`zbekistondagi hozirgi og’ir iqtisodiy sharoit bunga kuchli ehtiyoj sezayotgani urg`ulanadi.

O`zbekistonda rasmiy tashrifga berilayotgan ahamiyatning yana bir sababi - Yaponiyaning o’z strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun O’zbekistondagi demokratiya, inson huquqlariga oid vaziyatga unchalik ahamiyat qaratmasligidir.

Ayni paytda xalqaro hamjamiyat tomonidan inson huquqlarini qo`pol ravishda buzishda, Andijon fojiasida ayblanayotgan O`zbekiston hukumati uchun bu juda muhim.

Yaponiya ko`zlayotgan maqsad - Markaziy Osiyo mintaqasidagi energetik zahiralar, ayniqsa tabiiy gaz eksporti uchun yangi imkoniyatlar yaratish ekanligi ta`kidlanmoqda.

Kuzatuvchilarning yana bir taxminiga ko`ra, tashrif g`arb davlatlari va O`zbekiston o`rtasida keskinlashgan aloqalarni bir qadar yumshoqroq vaziyatda muhokama qilishni ham ko`zda tutadi.

Yaponiya bosh vazirining O`zbekiston prezidenti bilan uchrashuvida mamlakatdagi demokratik vaziyat haqida muzokara borishi ta’kidlanadi. Ekspertlar inson huquqlari va demokratik tamoyillar borasidagi muzokaralarning samarali bo`lishiga shubha qilishadi.

Jamiyatshunos Komron Aliyev fikricha, muzokarada demokratiya va inson huquqlari masalasi tavsiya darajasidagina ko`tarilishi mumkin:

“Yaponiya rivojlangan demokratik davlatlar sanalgan yetti, hozirda sakkizta atalayotgan davlatlardan biri. Shuning uchun bu masala Yaponiya uchun muhim. Muzokaralar yuritishda shundan kelib chiqiladi. Faqat Yaponiyaning demokratik tamoyillar haqidagi muzokaralari ko`proq maslahat ohangida bo`ladi. G`arb va AQShda inson huquqlarini buzilishi uchun bosim o`tkazish imkoniyati bo`lsa, Yaponiyaning bu boradagi imkoniyatlari cheklangan. Mamlakatning o`zi uchun demokratik islohotlarning zarurligi, sarmoyalar kiritish uchun imkoniyat berishi ta`kidlanadi”, - deydi Aliyev.

Yaponiya bosh vazirining O`zbekistonga tashrifi 30 avgust kuni nihoyasiga yetadi. Tashrif davomida Junichiro Koidzumi Toshkentda yapon harbiylari dafn etilgan qabristonni ziyorat qilishi, shuningdek, uning Samarqandda bo`lishi haqida ma`lumotlar bor.

Категория: Maqolalar | Просмотров: 1505 | Добавил: gulruh | Рейтинг: 5.0/1 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Разделы новостей
She'rlar [22]
Hikoyalar [4]
Rasmlar [2]
Maqolalar [90]
Kundaliklar [5]
Yangiliklar [75]
Форма входа
Календарь новостей
«  Сентябрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Поиск
Друзья сайта
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Наш опрос
Bu sayitni admini kim?

[ Результаты · Архив опросов ]

Всего ответов: 21
Мини-чат
200