Ma’naviyat va homiylik yoki xorijdagi ayrim nodavlat tashkilotlar, jamg‘armalar mamlakatimizda demokratik jarayonlarni qo‘llagandek bo‘layotgani ortida boshqa maqsadlar borligi haqida
Prezidentimiz homiylikka ixcham va purma’no ta’rif berib, shunday degan edilar: «Homiy degani — bu avvalambor saxovatli bo‘lish, beg‘araz yordam berish degani». Darhaqiqat muhtojlarga mehr-oqibat, muruvvat ko‘rsatish xalqimizda qadimdan eng yuksak qadriyatlardan biri sifatida e’zozlanib kelingan.
Jamiyatda u yoki bu sabablarga ko‘ra og‘ir ahvolga tushib qolganlarni muhofaza qilish deganda, ijtimoiy guruhlar, davlat yoki alohida shaxslarning saxovati va himmati tushuniladi. Agar ana shu tamoyillarga amal qilinmaydigan bo‘lsa, yuqorida sanab o‘tilganqatlam og‘ir tushkunliklarga duch keladi. Shuning uchun ham «himmat» va «homiylik» so‘zlarining o‘zagi tarixan ham, aslan ham bitta. Himmat bilan saxovat esa egizakdir.
Prezidentimiz homiylikning bir qarashda ilg‘ab olish qiyin bo‘lgan nozik jihatlarini ochib berdi: «Homiylikni biz inson qalbi va yuragidagi eng ezgu tuyg‘ularning amaliy ifodasi deb bilamiz. Ya’ni, homiy deganda, yon-atrofdagi beva-bechoralarga, yetim-esir, muhtoj kishilarga ko‘mak va yordam berishga, odamlarning dardiga hamdard bo‘lishga, qadrdon qishlog‘i yoki shahrini obod qilishga intiladigan, bir so‘z bilan aytganda, savob ish qilib yashaydigan insonlarni o‘zimizga tasavvur etamiz.»
Og‘ir xastalikka uchraganlar, nogironlar, mehnat faoliyati cheklangan, shuningde
...
Читать дальше »