ROSSIYA MUDOFAA VAZIRINING O’ZBEKISTONGA TASHRIFI YAKUNLARIGA DOIR Joriy yilning 11-12 may kunlari Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Ivanov O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. Mazkur tashrif ikki tomonlama munosabatlarni mustaxkamlashda muhim qadam bo‘ldi. Tashrif davomida u O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Qodir G‘ulomov va Tashqi Ishlar Vaziri Sodiq Safoyev bilan uchrashdi. Rossiya mudofaa vazirining Toshkentda o‘tkazgan muzokaralarning diqqat markazida xarbiy-texnik xamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘ldi. Xususan, Uzbekiston mudofaa Vazirligida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida xarbiy va xarbiy-texnik xamkorlik sohasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muxokama qilindi, xarbiy-siyosiy asnodagi qator muammolar, shu jumladan mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga doir muammolar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Shuni ta’kidlash joizki, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 1999 yil dekabr oyida Uzbekistonga birinchi rasmiy tashrifi chog‘ida 5 ta ikki tomonlama bitimlar imzolangan edi. Ular orasida "Xarbiy va xarbiy-texnik sohalarda xar tomonlama xamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi Bitim" aloxida axamiyat kasb etadi. Mazkur xujjat Uzbekiston Qurolli kuchlarini moddiy-texnik ta’minlashga, qurol-yarog‘, xarbiy-texnika va jamlanma buyumlar yetkazib berish bilan bog‘liq masalalarni xal qilish uchun huquqiy negiz yaratib berdi. Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustaxkamlashga ikki mamlakat manfaatlariga javob beruvchi va xarbiy soxada o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi "Rossiya Xarbiy qurolli kuchlari xamda Uzbekiston Respublikasining Havoga qarshi mudofaa va Xarbiy Havo Kuchlaridan xamkorlikda foydalanish to‘g‘risidagi Shartnoma" xam xizmat qiladi. Rossiya uchun bo‘lgani kabi Uzbekiston uchun xam umumiy xatar sanalgan xalqaro terrorizm va giyovandlikka qarshi kurash borasida ikki tomonlama xamkorlik xamon dolzarbligicha qolmoqda. Rossiya Markaziy Osiyo bilan mustaxkam chegaralarga ega bo‘lmagan xolda janubdan taxdidlar va giyoxvand moddalar kelishiga sira xayrixox emas. Uzbekiston xam, Rossiya xam xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm kuchlarining turli ko‘rinishlari, nayranglari, giyoxvand moddalar va qurol-yarog‘ tarqalishiga qarshi turish bo‘yicha barcha say’i xarakatlarini faollashtirish va muvofiqlashtirishdan manfaatdorliklarini bildirmoqda. Rossiya Federatsiyasining mudofaa vaziri Sergey Ivanov jurnalistlar uchun o‘z bayonotida uning Uzbekistonga rasmiy tashrifi Uzbekiston va Rossiya Prezidentlari, Oliy Bosh qo‘mondonlari shartlashuviga ko‘ra, amalga oshganini ta’kidladi. U Uzbekiston Mudofaa vaziri Qodir G‘ulomov bilan muzokaralar chog‘ida xarbiy va xarbiy-texnik sohalarda o‘zaro xamkorlikni mustaxkamlashning muayyan yo‘lllari muxokama qilinganini aytdi. Sergey Ivanov shuningdek jumladan shunday dedi: "Agar bizning xarbiy, xarbiy-texnik xamkorligimiz xususida gapiradigan bo‘lsak, biz ularni ikki tomonlama asosida jadallashtirish va mstaxkamlash yuzasidan aniq tadbirlarni belgilab oldik. Dastlab biz kelasi yil Rossiya-Uzbekiston xamkorligidagi xarbiy mashqlarni o‘tkazish bo‘yicha masalalarni ishlab chiqishga kelishdik. Men shu yilning avgust oyida "Rubej - 2004" aksilterror yo‘nalishda o‘tkaziladigan mashqlarga kuzatuvchilar sifatida uzbekistonlik xamkasabalarimni taklif etdim. Umid qilamanki, Rossiya Davlat Dumasi yaqin vaqtlar ichida "Rossiya Xarbiy Havo Kuchlari va Uzbekiston Respublikasi Havoga qarshi mudofaa va Xarbiy Havo Kuchlari qo‘shinlaridan xamkorlikda foydalanish to‘g‘risidagi Shartnomani" tasdiqlaydi. Uzbekiston Rossiya bilan xarbiy-texnik xamkorlikka katta qiziqish ila qaramoqda". Uzbekiston Mudofaa vaziri Qodir G‘ulomov o‘zining rossiyalik xamkasabasini Uzbekiston Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan isloxotlar, shaxsiy tartibning jangovar tayyorgarlagidan batafsil xabardor etdi. Shuningdek tashrif chog‘ida Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Ivanovni Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgoxida Qabul qildi. Uzbekiston rahbari 9 may kuni Grozniy shahrida sodir etilgan terrorchilik munosabati bilan yana bir bor xamdardlik izxor etdi. Terrorizmga qarshi qurash masalasi Uzbekiston uchun xam muximdir, dedi Prezident Islom Karimov. Qabul chog‘ida bo‘lib o‘tgan suhbatda Uzbekiston –Rossiya munosabatlari, ikki mamlakatning Shanxay Hamkorlik tashkiloti doirasidaga hamkorligi, terrorizmga qarshi qurash masalalari yuzasidan fikrlashildi.
|