Oqiy olmaydigan - yani xat savodi yo'q jinnilar uchun ushbu knopkani bosishni taklif etamiz marhamat eshiting jinnihonamiz radiouzeli shu yerda. Birinchi bizda - keyin boshqalarda:
Bundan buyon Gulruh jinnixonasiga yozilgan bemorlarninng ro'yhati chiqarilib qoyiladi. Har bitta jinni royhatga olingan kundan boshlab tegishli palataga yotqiziladi va unga bosh vrach tomonidan turlicha tashis qoyiladi. Boshqa jinnilar ham kelgan bemor ahvoliga ta'sir korsatishi mumkin.
O'zingizni registratsiya qilganingizdan keyin albatta test ropshiring.
Besh-olti yil muqaddam kichkina qizim ertaklar kitobi sovg‘a qilishimni iltimos qilgandi. Uyda borini birgalashib o‘qib bo‘lganimiz bois nuqul «Yangisini olib bering», deya xarxasha qilavergach, kitob do‘konlariga bir qur nazar tashlab chiqdim. Viloyatdan topilmagan narsa markazdagi do‘konlardan topilar degan ilinjda, hatto bir gal tahririyatga kelganimda Toshkentdagi kitob rastalarini ham aylanib chiqqanim esimda. Uyga bir quchoq bolalarbop ertak kitoblar bilan qaytgandim.
— O‘zimizdan chiqqan «Andersen»ning ertaklari bilan ham tanishib chiqing-chi, — deb qoldi yozuvchi Majid Abduraimov, Termizda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidan qaytayotib, qo‘limga endigina bosmadan chiqqan kitobni tutqazib. — Agar xotiram pand bermayotgan bo‘lsa, bu o‘zbek ertakchisi nomi bilan chiqayotgan birinchi ertaklar kitobi bo‘lsa kerak.
Ayni bolalarbop shakl va mazmunda chop etilgan kitob muallifiga e’tibor qilaman: «Parda Ismoilov — Termiz davlat universitetining dotsenti».
«Aql bilan baxt» deb nomlanuvchi ertaklar to‘plami Majid Abduraimov muharrirligida nashrga tayyorlanib («Adabiyot jamg‘armasi» nashriyoti. Toshkent — 2006 y.), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Bolta Yoriev so‘zboshisi bilan boshl
... Читать дальше »
Бугун
МҲСК стадионида Ўзбекистон кубоги финали бўлиб ўтди. Хабарингиз бор,
финалга Тошкентнинг икки жамоаси «Пахтакор» ва «Қурувчи» клубилари етиб
келишган эди. Ўйиндан олдин майда савалаб ёққан ёмғир майдоннинг
аҳволини жудаям ачинарли ҳолга солиб қўйди. Учрашув бошланиши билан эса
бу ёмғир аста-секин кучая борди. Айтиш мумкинки, бунақа ҳавода тўп
суриш футболчиларга жиддий қийинчиликларни келтириб чиқарди. Майдондаги
кичик-кичик кўлмаклар футболчиларнинг бир-бирига аниқ тўп оширишида
ноқулайлик туғдирарди.
Шу сабабли учрашувнинг илк
дақиқасиданоқ майдондаги футболчилар пала-партиш ўйин кўрсата бошлашди.
Биринчи бўлимда тўп асосан майдон марказида ҳаракат қилишига қарамай
бўлим анча асабий тарзда ўтди. 22-дақиқада «Пахтакор» ҳужумчиси
Ихеруоме Уче «Қурувчи» клуби ҳимоячиси Бахтиёр Ашурматовга нисбатан
атайин қўпол ўйнади ва бош ҳакам қоидабузарни иккиланмасдан майдондан
четлаштирди. 10 киши бўлиб қолганлигига қарамай пахтакорчилар иложи
борича кескин ҳужумлар уюштириб рақиб дарвозасига хавф солиб турди.
Лекин 1-бўлимда ҳисоб очилмади.
Иккинчи бўлим Азиз
Ҳайдаровнинг майдондан четлатилиши билан эсда қолди. Бу вазиятда Азиз
... Читать дальше »
Дам
олиш кунлари Италия С сериясида навбатдаги тур учрашувлари бўлиб ўтди.
Хабарингиз бор, Апеннин ярим оролида фаолият олиб борувчи ватандошимиз
Илёс Зейтуллаев айни вақтда фаолиятини Веронанинг “Хеллас Верона”
жамоасида давом эттирмоқда. Сўнгги турда Илёснинг жамоаси ўз майдонида
“Манфредония” жамоасини 1:0 ҳисобида мағлуб этди. Зейтуллев эса
учрашувга 72 дақиқада қўшилгани қарамасдан, учрашувни охиригача
майдонда ҳаракат қила олмади.
Учрашувда ягона гол “Верона” ярим ҳимоячиси Грецо ҳисобига ёзилди.
Айни
вақтда Зейтуллаевнинг жамоаси С-1, А серясида 16 тур учрашувларидан
кейин 12 очко билан 18 жамоа орасида 16 ўринни эгаллаб турибди. Биринчи
ўринда бораётган “Кремонезе” билан орадаги очколар фарқи 21 очкога
тенг. Эслатиб ўтамиз, мавсум олдидан жамоа олдига В серияга қайтиш
вазифаси қўйил
... Читать дальше »
Futbol
o'yinlariga boy bo'lgan seshanba kunining yana bir qiziqarli uchrashuvi
"Temiryo'llar" stadionida bo'lib o'tdi. O'zbekiston yoshlar terma
jamoasi Osiyo-2008 U19 saralash uchrashuvi doirasidagi birinchi
uchrashuvini Yaman yoshlariga qarshi o'tkazib, Qozonning "Rubin"
jamoasi hujumchisi Davron Mirzayev tomonidan kiritilgan yagona gol
evaziga kichik hisobda g'alaba qozondi.
Gol
urgan Davronning quvonchi shu qadar oshib ketdiki, bunga qadar sariq
kartochka olgani yodidan chiqqan ko'rinadi. Davron gol urgach FIFA
qoidasiga zid holda nishonladi. Ya'ni u golini futbolkasini yechib
tan-tana qilgandi. Bu holni hakam bee'tibor qoldirmadi va
legionerimizga qizil kartochka ko'rsatib uni maydondan chetlatdi. Ko'p
o'tmay terma jamoamiz sardori Sherzod Karimov ham Mirzayev qatoriga
qo'shildi. Shunday bo'lsada qolgan daqiqalarda vakillarimiz hisobni
ushlab tura oldilar va saralash uchrashuvidagi dastlabki uch ochkoni
qo'lga kiritdilar.
Osiyo-2008 U19 saralash uchrashuvi. D guruhi, 1-tur.
Yosh xonanda Indi ijodidan shaxsiy hayotiga ham vaqt topgan
ko'rinadi... Bugun sizning e'tiboringizga havola etilayotgan
fotosuratlarda siz Indini kelin ko'ylakda ko'rishingiz mumkin. U
turmushga chiqdimi? Qachon? Kimga?
Bizning elektron
manzilimizga noma'lum elektron manzildan ushbu fotosuratlar yuborilgan
ekan. Biz fotosuratlarni tomosha qilib, Indini izlashga tushdik. Uni
topib, bu haqda so'raganimizda savolga javob berishni istamadi. Lekin,
keyinroq barchasini bilib olishimiz mumkinligini aytib o'tdi. Demak,
kutishdan o'zga choramiz yo'q!
Yosh xonanda Indi ijodidan shaxsiy hayotiga ham vaqt topgan
ko'rinadi... Bugun sizning e'tiboringizga havola etilayotgan
fotosuratlarda siz Indini kelin ko'ylakda ko'rishingiz mumkin. U
turmushga chiqdimi? Qachon? Kimga?
Bizning elektron
manzilimizga noma'lum elektron manzildan ushbu fotosuratlar yuborilgan
ekan. Biz fotosuratlarni tomosha qilib, Indini izlashga tushdik. Uni
topib, bu haqda so'raganimizda savolga javob berishni istamadi. Lekin,
keyinroq barchasini bilib olishimiz mumkinligini aytib o'tdi. Demak,
kutishdan o'zga choramiz yo'q!