Futbol
o'yinlariga boy bo'lgan seshanba kunining yana bir qiziqarli uchrashuvi
"Temiryo'llar" stadionida bo'lib o'tdi. O'zbekiston yoshlar terma
jamoasi Osiyo-2008 U19 saralash uchrashuvi doirasidagi birinchi
uchrashuvini Yaman yoshlariga qarshi o'tkazib, Qozonning "Rubin"
jamoasi hujumchisi Davron Mirzayev tomonidan kiritilgan yagona gol
evaziga kichik hisobda g'alaba qozondi.
Gol
urgan Davronning quvonchi shu qadar oshib ketdiki, bunga qadar sariq
kartochka olgani yodidan chiqqan ko'rinadi. Davron gol urgach FIFA
qoidasiga zid holda nishonladi. Ya'ni u golini futbolkasini yechib
tan-tana qilgandi. Bu holni hakam bee'tibor qoldirmadi va
legionerimizga qizil kartochka ko'rsatib uni maydondan chetlatdi. Ko'p
o'tmay terma jamoamiz sardori Sherzod Karimov ham Mirzayev qatoriga
qo'shildi. Shunday bo'lsada qolgan daqiqalarda vakillarimiz hisobni
ushlab tura oldilar va saralash uchrashuvidagi dastlabki uch ochkoni
qo'lga kiritdilar.
Osiyo-2008 U19 saralash uchrashuvi. D guruhi, 1-tur. O'ZBEKISTON - YAMAN 1:0 (0:0) Gol: Davron Mirzayev Chetlatishlar: Davron Mirzayev, Sherzod Karimov
IORDANIYA - NEPAL 2:0 (1:0)
|