2007 yilning 8 yanvar kuni Adliya vazirligida “Adliya organlari mustaqillik yillarida” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. 2007 yilning 8 yanvar kuni Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinganiga o‘n besh yil to‘lishi munosabati bilan “Adliya organlari mustaqillik yillarida” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Unda, Adliya vazirligining o‘tgan davrdagi faoliyatini muayyan ma’noda sarhisob qilish va kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olish borasida fikr almashildi. Ta’kidlandiki, mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlarda adliya organlarining o‘ziga xos o‘rni bor. Qonun hujjatining loyihasini tayyorlashdan boshlab, uni amalda joriy etish, bir xilda va aniq qo‘llanilishini ta’minlashga qadar jarayonda bevosita adliya organlari ishtirok etadi. Shu bilan birga, konferensiyada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini rivojlantirish hamda aholi va ijrochilarga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini yetkazish, qonunlarni ijrosini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyat va davlat ishlarini boshqaruviga keng jalb etish masalalarida adliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish zarurligi e’tirof etildi. Anjumanda adliya organlari islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda faol is
... Читать дальше »
Sardor Rahimxon... bu xonandani ko'pchilik avvaliga birgina omadli qo'shiq uni ko'tardi, degan fikrni bildirishgan edi. Darhaqiqat uni "Ishonmasman" taronasi elga tanitdi. Biroq, ba'zilar u haqiqiy iste'dod egasi ekanligiga shubha bilan qarashdi. Lekin, bu noto'g'ri fikr ekanligini Sardor isbotladi.
Yana kimladir uni faqatgina ma'yus taronalarni yaxshi ijro eta oladi, sho'x qo'shiqlarni ijro etishni eplolmaydi, deb ham gap-so'zlar tarqatdi. Yo'q! Sardor hammaga o'z iste'dodini yana bir bor ko'z-ko'z qildi, "Nechun erkam" deb nomlangan sho'x tarona va unga ishlangan klip bunga isbot bo'la oladi. Marhamat, "Nechun erkam" nomli qo'shiqqa ishlangan klip lavhalaridan bahramand bo'ling. Tez kunlarda klipni ham portalimizdan ko'chirib olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Ulug'bek Rahmatullaev ijodida katta yangilik. Xonanda o'zining "Sevma..." nomli albomini sotuvga chiqardi. "Pan-terra" studiyasi tomonidan tayyorlangan mazkur albomni menimcha ko'pchilik orziqib kutgan edi.
Endilikda siz albomni harid qilib, a'lo kayfiyat ila tinglashingiz mumkin. 14 ta qo'shiqdan iborat bo'lgan albomdan 3 ta hali hech qayerda jaranglamagan taronalar ham o'rin egallagan. Bulardan biri bo'lmish "Tushungin meni" taronasiga esa Ulug'bek Rahmatullaeb klip suratga oldirish taraddudida. Xonandaning ta'kidlashicha klip antiqa ravishda suratga olinar ekan. Demak, kutamiz!
Davron ErgashevEstradamizning yorqin yulduzlaridan biri Davron Ergashev navbatdagi albomini sotuvga chiqardi. Albom "Jingalak" deb nomlanadi.
Davron Ergashevning "Jingalak" nomli taronasi mazkur albomning eng hit taronasi deb bemalol aytishimiz mumkin. Albomdan 12 ta qo'shiq o'rin egallagan. Ayni kunlarda sotuvga chiqqan mazkur albomni sotib olishga shoshiling. Zero, albom chegaralangan nusxada sotuvga chiqarilgan.
ZodaYaqindagina internet tarmog'ida www.ZODA.uz sayti tashkil topganligidan xabaringiz bor.Yosh xonanda Zoda o'z muxlislari talab va istaklariga binoan o'z web-saytini tashkil ettirgan edi. Hozir esa sayt ish faoliyatini boshlagan.
Ayni kunlarda xonanda yana bir yangi tarona tayyorlamoqda. Ma'yus tarzda ijro etiladigan tarona "Qalbing seni" deb nomlanadi. Qo'shiq musiqasi va so'zi Nodira Abdulazizova ijodiga mansub. Tez kunlarda tarona studiyada yozilib, siz azizlar hukmingizga havola etiladi.
Yosh xonanda Zebo o'z muxlislariga o'zgacha mehr-muhabbatli ekanligini xatti-harakatlaridan anglash qiyin emas. Birinchilar qatorida Zebo barcha o'zbek ahlini qolaversa, butun dunyo ahlini kirib kelayotgan Yangil yil va Iyd qurbon hayit ayyomi bilan tabrik yo'lladi.
Zebo: Aziz hamyurtlar va Shou-biznes.uz portali foydalanuvchilari men barchangizni kirib kelayotgan Yangi yil ayyomi hamda muborak Iyd qurbon hayiti bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Sizni hech qachon omad va quvonch tark etmasin, - deya ZEBO!!! Shu o'rinda Zebo o'z muxlislari uchun yangi yil sovg'asini ham hadya etish niyatida. Sovg'a egasi esa quyidagi savolga eng birinchi javob yo'llagan shaxs bo'ladi: Zebo ijrosidagi "Agar sen" nomli taronasiga ishlangan klip qayerda va kim tomonidan suratga olingan? Javoblaringizni info@sb.uz manziliga yo'llashingiz mumkin.
www.Gulruh.clan.su hamda O'zbek estradasining barcha yulduzlari hamma-hammani kirib kelayotgan 2007 yil bilan chin dildan muborakbod etadi.
Yangi yil barchangizga faqat va faqat omad olib kelishiga tilakdoshmiz.gulruh.clan.su olamida sodir bo'layotgan eng qaynoq va haqqoniy ma'lumotlarni kelayotgan yilda ham faqat bizning sayitimiz orqali bilib olishingizga so'z beramiz!
Musulmon ahlining eng sevimli bayrami bo'lmish Iyd Qurbon hayiti bilan barcha-barchani chin dildan muborakbod etib qolamiz.
Barchamizni Allohning o'zi asrasin! Nima ezgu niyatlarimiz bo'lsa, amalga oshsin. Sog'lik-salomatlik, omad va quvonch, baxt va saodat hamda tinchlik har doim bizga hamroh bo'lsin! Eng ezgu tilaklar ila Gulruh.clan.su ijodiy guruhi!
Замонавий тарихчилар уни "турғунлик даврининг отаси" дейишади, аммо миллионлаб оддий одамлар учун Брежнев даври "шўроларнинг олтин даври" бўлган. Леонид Брежнев - шаънига энг кўп сиёсий латифа тўқилган арбоб бўлиши мумкин, аммо омма сўровларига кўра, россияликлар уни "ХХ-асрнинг энг буюк ҳукмдори" деб билишар экан.
Леонид Брежнев 1964-йилда КПСС Бош Котиблигига сайланган ва то умрининг охиригача унга раҳбарлик қилган.
Унинг даврида СССРда "ривожланган социализм" қурилгани эълон қилинди, аммо бу социализм Брежневнинг ўлими билан барҳам топди.
Ундан кейинги раҳбарларнинг иқтисодий ва сиёсий ислоҳотлар қилиш ҳаракатлари муваффақиятсиз якун топди ва "тузум инқирози" алал-оқибат СССРнинг парчаланишига олиб келди.
Кундалик турмушдаги тақчилликлар, навбатга туришларга қарамай, Брежнев даврини Ўзбекистондаги кекса авлод ҳам нисбатан фаровонлик даври сифатида хотирлайди.
Тошкентнинг қайта тикланиши, чўлларнинг ўзлаштирилиши сингари йирик лойиҳалар амалга оширилган 70-80-йилларда Ўзбекистон "совет шарқи машъали" номини олган эди.
Аммо пахта яккаҳокимлиги олқишланган "оқ олтинни олтин қўллар яратади" сингари шиорларнинг муаллифи ҳам Брежнев бўлган.
Қайта қуриш йилларида "пахта қуллиги" дея таърифланган бу каби кўринишлар Ўзбекистоннинг янги тарихида йўқоли
... Читать дальше »
Portalimiz orqali sizga bundan bir necha kun avval "Sug`diyona" badiiy filmining taqdimot marosimi bo`lib o`tishi haqida ma`lumot bergan edik. Prem`eraga ham oz kunlar qoldi. 14 noyabr,
kelayotgan seshanba kuni kinorejissor Bahrom Yoqubov tomonidan suratga olingan mazkur kinokartina keng omma e`tiboriga havola etiladi. Agarda siz film prem`erasida ishtirok etishni istasangiz quyidagi savollarga javob yo`llang. Shundagina film taqdimotida ishtirok etish imkoniyatini qo`lga kiritasiz. Ya`ni ikki kishilik taklifnomani egasi bo`lasiz.
Savollar: 1) "Sug`diyona" badiiy filmi bastakori kim? 2) Rejissor Bahrom Yoqubov "Sug`diyona" badiiy filmiga qadar qaysi filmlarni suratga tushirgan? 3) Sogdiananing haqiqiy ismini yozib yuboring.