Juma, 20.12.24, 10.45
Приветствую Вас bemor
Главная

Регистрация

Вход

RSS
Главная » 2007 » Январь » 9 » 2007 yilning 8 yanvar kuni Adliya vazirligida “Adliya organlari mustaqillik yillarida” mavzusid
2007 yilning 8 yanvar kuni Adliya vazirligida “Adliya organlari mustaqillik yillarida” mavzusid
04.31
2007 yilning 8 yanvar kuni Adliya vazirligida “Adliya organlari mustaqillik yillarida” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
2007 yilning 8 yanvar kuni Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinganiga o‘n besh yil to‘lishi munosabati bilan “Adliya organlari mustaqillik yillarida” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Unda, Adliya vazirligining o‘tgan davrdagi faoliyatini muayyan ma’noda sarhisob qilish va kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olish borasida fikr almashildi.
Ta’kidlandiki, mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlarda adliya organlarining o‘ziga xos o‘rni bor. Qonun hujjatining loyihasini tayyorlashdan boshlab, uni amalda joriy etish, bir xilda va aniq qo‘llanilishini ta’minlashga qadar jarayonda bevosita adliya organlari ishtirok etadi.
Shu bilan birga, konferensiyada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini rivojlantirish hamda aholi va ijrochilarga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini yetkazish, qonunlarni ijrosini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyat va davlat ishlarini boshqaruviga keng jalb etish masalalarida adliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish zarurligi e’tirof etildi.
Anjumanda adliya organlari islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda faol ishtirok etishi, islohotlarning ortida emas, balki oldida borishi, tartibga solinishi zarur bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlar yuzaga kelishidan ilgariroq tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratish bo‘yicha tashabbuskor bo‘lishi, ta’bir joiz bo‘lsa islohotlarning “huquqiy lokomotivi” vazifasini bajarishi lozimligi to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari, tadbirda adliya organlarining ijtimoiy himoya yilidagi vazifalari, yuridik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni takomillashtirish masalasi hamda adliya organlarining huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari bilan o‘zaro munosabatini rivojlantirish, huquqni qo‘llash amaliyotidagi mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama etildi.
Anjumanda bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. Ulardan adliya organlarining Harakat dasturi ishlab chiqishda foydalaniladi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 1427 | Добавил: gulruh | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Разделы новостей
She'rlar [22]
Hikoyalar [4]
Rasmlar [2]
Maqolalar [90]
Kundaliklar [5]
Yangiliklar [75]
Форма входа
Календарь новостей
«  Январь 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Поиск
Друзья сайта
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Наш опрос
Bu sayitn ishga tushganiga nech yil bo'ldi

[ Результаты · Архив опросов ]

Всего ответов: 37
Мини-чат
200