Sho’x-shaddodligi o’ziga yarashgan Aziza Jonim tinib tinchimagan-ey...
Yaqindagina muxlislariga atab ajoyib qo’shiqni taqdim etgan edi. Endi esa yana bir yangi taronani tayyorlamoqda. Bu tarona avvalgisiga o’xshab shox bo’ladi, deb e'tirof etmoqda xonanda. Farhod Ubaydullaev musiqasi, Ibrohim Jiyanov she’ri bilan yaratilayotgan ushbu qo’shiqning nomi “Yoqadi” deb nomlandi. Aziza Jonim tarona tayyor bo’lishi bilan klip ham suratga olishni rejalashtirgan . Bu taronaning eng birinchi bizning portaldan ko'chirib olishingiz va on-line radioimiz orqali tinglashingiz mumkin bo'ladi. O’tkazib yubormang!