3 avgust Shou-biznes olamida unutilmas kun bo’lib qoldi. “Shou-biznes.uz” hamda “Akfa-media” bilan hamkorlikdagi yangi loyihasi estrada yulduzlari bilan yaqinlik tutib ularning ijodlarini aynan shu sayt orqali muxlislar hukmiga taqdim etildi. Yana shuni aytib o’tish joizki siz sayt orqali barcha xonandalarning qiziqarli ijod namunalarini va to’g’ridan to’g’ri muloqatini ko’rish imkoniga ega bo’lishdi. Ushbu anjumanda estradamizning barcha ko’zga ko’ringan xonandalari va yosh iste'dodli xonandalar ishtirok etishdi. Shulardan: “Bojalar”, Oybek va Nigora, Ziyoda, Ravshan Sobirov, Anora, Behruz, sevimli boshlovchingiz Jahongir Mirzo, Aziz Rajabiy, Mirjamol, Otabek Mutalxo’jaev, Roksana, Aziza Jonim, Yayra, Yasmina, Sharof Muqimov, Jo’rabek, Ulug’bek Rahmatullaev, Samandar hamda qizlarning erkatoyi Yodgor Mirzajonov. Bu bo'lajak matbuot anjumaniga tayyorgarlik ko’rishdir. Shunday qilib bu anjuman davom etadi. Ha aytgancha, tez kunlarda saytning o’zgarishi va ikki jamoaning birlashuvi munosabati bilan matbuot anjumani bo’lib o’tadi. Biz bilan birga bo’ling eng qaynoq yangiliklar faqat bizda
O'zining "Baxt yomg'iri", "Sensiz kerak emas" taronalari orqali muxlislar qalbidan joy olgan umidli xonanda Kamila qisqa fursatli tanaffusdan so'ng yana ijodga bel bog'ladi. Kamila ijrosidagi "Yurak" nomli taronasiga klipmeyker Yodgor Nosirov tomonidan ajoyib, qiziqarli mavzuga ega klip tasvirga tushirildi. Ayni kunda klip "Akfa-media" studiyasida montaj jarayonida. Tez kunlarda klipning prem'erasi aynan bizning portalimizda bo'lib o'tadi. Hozircha esa, odatdagidek klip lavhalaridan bahramand bo'lishingiz mumkin. Fotosuratlarni ko'rish uchun ichkariga kiring.
bu voqeaga bir yil bo'ldi man uda 14 yoshda edim . man maktabda o'qirdim. Man sevishganlarni urishib qolishsa ularni yarashtirib qo'yardim. O'rtog'larim sevib qolishsa darov mandan maslahatt so'rashardi.Man ulani tanishtirib ulani bir birini sevib qolishiga ostoidil kirishib albatta bu narsaga erishardim bir kuni maktabimizga bir qiz kelganini eshitdim unda man kasal bo'lib qoluvdim. keyin maytabga borsam u qizni ko'rdim u shunchalik chiroyli ediki bunaqa chiroyli qiz ko'rmagandim hali. Bilaman dunyoda undada go'zal chiroyli qiz ko'p. Lekin man uchun dunyoda udan go'zal qiz yo'de tuyldi. shunda man uni sevib qoldim shekilli deb o'yladim bir hafta uni o'yladim uni orzu qildim lekin uni ko'rsam sevishganla bir birini ko'rsa yuraklari o'ynab u qizga talpinib ketadiku lekin manda unaqa bo'lmadi bilmiman yo' man sevishni yomon ko'rganim gadir. keyin man u qizni gapga soldim u qiz juda muloyim lekin juda kam gap edi.u man o'nta gapirsam u bitta so'z ha yo'ki yo' dirdi. man uni sevib qolganimmni u siz yasholmasligimni tushindim man endi unga dil ishorlarimni hatga to'kib uni dugonasiga berdim. shunda mening eng yahshi ko'rgan o'rtog'm meni oldimga kelib man Irodani sevib qoldim dedi shunda man qaysi Iroda shundo bolani avragan qiz kim endi didim u shunda u mani avramadi man uni sevib qoldim dedi. keyin qani ko'sat tanishtirib qo'yaman endi manga ish topilibtide dib hursand bo'lib u qiz ni ko'rgani bordik man u kundan dushanba kunini yomon ko'rib qoldim man uni ne ko'zlar bilan qarad
... Читать дальше »
Har bir xalqning o'ziga yarasha urf-odatlari, marosimlari bo'ladi. Agar biz dunyo xalqlarining hayotiga nazar tashlasak bir-biriga o'xshamagan, turli-tuman marosimlarni ko'ramiz.
Marosimlar jamiyat, xalq va shaxs hayoti-faoliyatidagi muhim o'zgarishlar, ijtimoiy ahamiyatga molik voqea-hodisalar bilan bog'liq bo'lib, ular ibrat orqali tarbiyalash, ruhiy-estetik ta'sir ko'rsatish vazifasini bajaradi. Marosimlarda milliy,diniy urf-odatlar va rasm-rusumlar ham o'z ifodasini topadi.
O'zbek xalqining paydo bo'lishi tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy an'analari, urf odatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma'naviy ehtiyojlari zaminida paydo bo'lib, shakllanib, sayqallanib o'z mazmunida shu xalqning orzu-o'ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq normalarini mujassam etadi. Shuning uchun ham har bir xalq, millat, elat ularni ko'z qorachig'iday avaylab-asrashi, taraqqiy ettirishi, kelgusi avlodlarga ma'naviy qadriyat sifatida etkazmog'i lozim. Darhaqiqat, an'analar, urf-odatlar, marosim va bayramlar xalqning, millatning ma'naviyati, qadriyatlarini ajralmas qismidir.
Keng Internet foydalanuvchilari ommasi uchun mo'ljallangan ushbu saytda insonning dunyoga kelib, yashab, to umri poyoniga etib, tuproqqa qo'yilguncha unga hamroh bo'ladigan eng asosiy urf-odatlar, taomillar, udumlar haqida qiziqarli hikoya qilinadi.