Estradamizning yosh, umidli xonandasi Ziyoda yaqin kunlarda Turkiyaga 3 oylik safarga yo'l oladi. Turkiyaning mashhur ovoz yozish studiyasi “Raks-music” hamda “Canal D” telekompaniyasi hamkorligidagi yangi loyihada Ziyoda ham ishtirok etishi bo'yicha "Akfa-media" boshchiligida shartnoma imzolandi.
Ma'lumot o'rnida shuni aytib o'tishimiz mumkinki Turkiyaning eng mashhur telekompaniyasi hisoblanmish "Canal D" 20 milliondan ziyod teletomoshabinga ega. Bu loyiha 3 oy mobaynida aynan man shu telekanal orqali doimiy ravishda yoritib boriladi. Avvaliga Ziyoda u yerdagi vokal ustalaridan vokal bo'yicha yetarlicha dars oladi. Loyiha mobaynida Ziyoda hamda Sardor O’rtach birgalikda turk tilida duet ham ijro etishadi. So'ngra ushbu qo’shiqqa klip suratga olinadi. Va albatt “Canal D” telekanali orqali klip 2 oy davomida namoyish etiladi. Tez kunlarda bu haqda yanada batafsil ma’lumot beramiz.