Javoblar |
Assalomu
Alaykum Iroda! Sizni ko`zlaringiz menga yoqadi. Nega ko'zlaringiz
bunchalik maftunkor. Meni ismim Shavkat. (LOGIN: sanmanku E-MAIL:
Shav991@mail.ru) Iroda Nosirova: (Kuladi) Menimcha, Alloh shunday yaratganligi uchun bo'lsa kerak. Kompliment uchun rahmat. [ Tepaga ] |
Iroda
sizni hurmat qilaman!!! Savolimga javob bering: Nega siz san'atni
yaxshi ko'rasiz? Nahotki shu san'at sarflagan, yoqotgan shuncha
vaqtingizga arziydi? Oldindan rahmat. (LOGIN: Rustam E-MAIL:
tarkan-ay@mail.ru) Iroda Nosirova:
Ha arziydi. Chunki menga vafo qiladigan faqatgina shu san'atim. Hamma
yaqin insonlarim tashlab ketishi mumkin. Ammo san'atim meni hech qachon
tark etmaydi. Siqilganimda eng yaqinim shu san'atim. [ Tepaga ] |
Iroda
yana savollarim bor edi. Oxirgi qabul qilgan sovg'angiz nima? Eng
sevimlisichi? (LOGIN: Durdona E-MAIL: estusa@earthlink.net) Iroda Nosirova:
Eng so'nggi olgan sovg'am bo'yim bilan teng keladigan buket gullar
to'plami edi. Eng sevimlisi esa men uchun sovg'a olayotgan vaqtimda
kerakli bo'lgan sovg'alarning barchasi. Aslida qimmat atirlarni yaxshi
ko'raman. [ Tepaga ] |
Iroda
yaxshimisiz? Sizga savolim bor edi. Yoqtirgan yigitingiz bormi? Agar
bo'lsa u kim? (LOGIN: Ziyodbek|||KrOoT E-MAIL: ziyodbek@rol.uz) Iroda Nosirova: Yo'q. Shahzodamni kutyapman... [ Tepaga ] |
Salom
Iroda opa! Ishlaringiz yaxshimi? Men sizniing Qirg'izistondan ashaddiy
muxlisingiz Murodbekman. Sizga savolim shuki nega shaxsiy e-mailingiz
yo'q? (LOGIN: MUHAMMAD-MURODBEK E-MAIL: murod_honey@list.ru) Iroda Nosirova:
Ayni damda internetga aloqador yangi loyihalar ustida ishlamoqdamiz.
Ya'ni, o'zimning rasmiy saytimni hamda elektron manzilimni tashkil
qilmoqdamiz. Tez orada barchasidan voqif bo'lasiz. [ Tepaga ] |
Salom
Iroda! Ishlar yaxshimi? Charchamayapsizmi? Sizga bitta savolim bor edi.
Turmushga chiqqanmisiz? Chiqmagan bo'lsangiz sizga qanday yigitlar
yoqadi? Oldindan javob uchun rahmat. (LOGIN: Odil E-MAIL:
audisold@yahoo.com) Iroda Nosirova:
Yo'q turmushga chiqmaganman. Ayollarni hurmat qiladigan yigitlar
yoqadi. Aytaylik masalan ayol kishining uyida bir burda qora noni
bo'lsa ham o'zini malikalardek his qilib yashashi uchun sharoit yaratib
berayotgan, mehr ko'rsatadigan yigitlar yoqadi. [ Tepaga ] |
Salom Iroda! Qachon turmushga chiqasiz? (LOGIN: asqar1981 E-MAIL: himik_8881@mail.ru) Iroda Nosirova: Buni vaqt ko'rsatadi. Albatta o'z Shahzodamni topganimda. [ Tepaga ] |
Salom, Iroda. Yaxshimisiz? Nimani yoki kimni so'gindingiz va nima uchun? (LOGIN: Durdona E-MAIL: estusa@earthlink.net) Iroda Nosirova: Yaxshi qo'shiqni sog'indim. Chunki yaxshi qo'shiqlar juda ham kam. Turli qo'shiqlar bor. Afsuski yaxshilari sanoqli. [ Tepaga ] |